Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:34

“Bilayn” MTS nomerlarini yo‘qotgan abonentlarga yordam bermoqchi


“Bilayn” uyali aloqa operatori MTS faoliyati 17 iyul kuni 10 kunga to‘xtatilgani oqibatida abonentlar yo‘qotgan aloqani qayta tiklashda yordam berishga urinmoqda.

“Bilayn” kuni kecha “Mening yangi nomerim” nomli yangi xizmatini yo‘lga qo‘ydi.

Yaqinlari, do‘stlari va hamkorlari bilan aloqa uzilib qolgan abonentlar ushbu xizmat yordamida aloqani qayta tiklash imkoniyatiga ega bo‘la oladi.

Abonent yangi telefon nomerini aloqa uzilib qolgan yaqinlari, do‘stlari va tanishlariga bildirish uchun yangi nomeridan 1401 raqamiga eski telefon nomerini 998YYXXXXXXX formatida jo‘natadi.

Izlayotgan odamning yangi nomerini topish uchun esa abonent 1402 raqamiga uning ishlamay qolgan nomerni 998YYXXXXXXX formatida jo‘natadi. Agar tizimda mavjud bo‘lsa, yangi nomer abonentga SMS orqali yetib keladi.
XS
SM
MD
LG