Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:19

Mintaqaning qay davlatida porasiz o‘qishga kirish mumkin?


Oliy o‘quv yurtlariga kirishda Qozog‘iston va Qirg‘izistonda korruptsiya deyarli yo‘q. Turmanistonda o‘qishga kirish uchun katta miqdorda pora berish kerak. Tojikistonda ham unisi¸ ham bunisi. O‘zbekistonda esa...

Markaziy Osiyo mamlakatlarida bundan 20 yil muqaddam oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish bir xil edi: 1 avgustdan boshlab abituriyentlar birin-ketin to‘rtta imtihon topshirar, keyin Mandat komissiyasining qarori chiqar va imtihonlardan yiqilmagan abituriyent talaba bo‘lgan-bo‘lmaganini 25 avgustlarga borib o‘sha qarordan bilar edi.

Mustaqillikka erishganidan so‘ng mintaqadagi ba‘zi mamlakatlar qabul tizimini keskin islohot qildi, ba‘zilari bu tizimga juz‘iy o‘zgartishlar kiritdiyu mohiyat o‘zgarmadi.

Turkmaniston – keyingilaridan.

“Turkmanistonda o‘qishga kirish uchun $30 000 gacha pora berish kerak”


Masalani yaqindan o‘rganib qator tadqiqotlar o‘tkazgan muhojiratda yashovchi inson huquqlari himoyachisi Farid Tuxbatullinning aytishicha, Turkmanistonda oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish imtihonlari shu kunda “suhbat” yoki “sinov”, deb nomlansa ham amalda tartib o‘zgarishsiz qolgan.

- “Suhbat” yoki “sinov”, deb ataladigan kirish imtihonlari avgustda o‘tkaziladi va abituriyent tanlagan ixtisosidan kelib chiqib uch yoki to‘rtta suhbatdan o‘tadi.

Sinovlar tugagach imtihon komissiyasi abituriyentni talabalikka qabul qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishning joriy tartibi, tadqiqotchi fikricha, korruptsiyani urchitadigan sharoitdir. Xalqaro munosabatlar instituti, Tibbiyot instituti kabi “bozori chaqqon” o‘quv yurtlariga kirish uchun, 20 ming dollardan 30 ming dollargacha pora berish kerak, dedi Farid Tuxbatullin.

“Tojikistonda bilimli abituriyent ham ba‘zida o‘qishga kirib qoladi”


Xo‘jand davlat universiteti o‘qituvchisi Munavvara Oymatovaning aytishicha, har yili kirish imtihonlari 1 avgustda boshlanar edi.

Biroq bu yil u ishlaydigan o‘quv yurtida imtihon kunlari 10 avgustgacha aniq bo‘ladi.

Bunga o‘quv yurtiga yetarli miqdorda abituriyent kelmagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu suhbatdoshimizning taxmini¸ xolos.

Kirish imtihonlari esa, mana bunday tartibda o‘tadi.

- Bu fakultetlar, ixtisosliklar, mutaxassisliklarga bog‘liq. Ba‘zi fakultetlarda davlat tilida diktant topshiriladi. Ba‘zi fakultetlarda davlat tilida insho ham olinadi. Bir kunda emas hammasi. Masalan¸ diktant bir kun olinadi, insho bir kun olinadi. Test 3 yoki 4 blokdan iborat bo‘lsa, bir kunda olinadi.

Ozodlik: Demak, abituriyent ikkita imtihondan o‘tarkanda.

- Ha, shunga o‘xshash.

Ozodlik: Undan keyin Mandat komissiyasi bo‘ladimi?

- Albatta.

Ozodlik: Mandat komissiyasi abituriyentning talaba bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini aytadi.

- Albatta, deydi Munavvara Oymatova.

Tojikiston oliy o‘quv yurtlariga kirish jarayonida korruptsiya masalasida Munavvara Oymatova bilan mana bunday savol-javob bo‘lib o‘tdi.

Ozodlik: Ikkinchi asosiy savol korruptsiya masalasi. Shunga barham berilganmi?

- Bilmadim. Men bunaqa ishlarga aralashmayman. Pul bor joyda¸ albatta¸ korruptsiya bo‘ladi. U tugamaydi. Dunyoning abadiy qo‘shig‘i kabi aylanaveradi.

Ozodlik: Bu masalada pul bormi yo‘qmi?

- Poraxo‘rlik bor bo‘lgandan keyin¸ albatta¸ bu masala bo‘ladi. Poraxo‘rlik bor baribir. Biz istaymizmi¸ istamaymizmi¸ jamiyatni 100 foiz sog‘lomlashtirish qiyin. Shunday bo‘lgandan keyin bu¸ albatta¸ bo‘ladi.

Ozodlik: Demak, Tojikistonda oliy o‘quv yurtiga kirish jarayonida pul aralashadi.

- Endi, so‘zsiz, bir narsa deya olmayman, lekin bilimli talaba ham kirib qoladi. Men o‘zim o‘qitgan talabalar orasida bilimli, o‘zining kuchi bilan kirgan, qiynalib shartnoma pulini to‘lab o‘qigan talabalar bor, deydi Xo‘jand davlat universiteti o‘qituvchisi Munavvara Oymatova.

“Qozog‘istonda o‘qishga kirish uchun pora berishga hojat qolmagan”


Bu gapni Ostona shahridagi Yevroosiyo universiteti dotsenti Saparboy Jubayevdan eshitdik.

- Qozog‘istondagi maktabni bitiruvchilar faqat bitta imtihon topshiradi. YeNT - Yediniy natsionalniy testirovaniye deyiladi. Shu testda olgan balli, u juda sodda. To‘rtta fandan bo‘ladi. 25 ta savoldan 100 ball. Shu 100 balldan 50 balldan yuqori ball olgani oliy o‘quv yurtlariga xohlaganiga Olmaotaga, Ostonaga borib shu mutaxassisligi bor oliy o‘quv yurtiga kirib ketaverishi mumkin, deydi Saparboy Jubayev.

Domla Jubayevning aytganlarini detallarga to‘xtalmay shu joyda uzmoqchimiz.

Asosiy yangilik shuki, Qozog‘istonda kirish imtihonlari yo‘q.

O‘quvchi maktabni bitirayotib¸ Umumiy Milliy Sinov doirasida imtihon topshiradi va o‘shanda to‘plagan ballari to‘g‘risidagi hujjati bilan bir vaqtning o‘zida bir necha o‘quv yurtiga hujjat topshirishi va keyin ulardan birini tanlashi mumkin.

Saparboy Jubayevning aytishicha, sohada o‘tkazilgan tub islohotlar tufayli korruptsiyaga barham berilgan.

- Qozog‘istonda oliy o‘quv yurtiga kiraman¸ degan odam pul beraman, tanish qidiraman¸ degan fikr umuman yo‘q hozir. 2004 yildan beri 8 yildirki, faqat o‘zining bilimiga, yaxshi o‘qiydigan odamlarni tekinga o‘qishga. Shu eng afzalligi,
dedi Ostona shahridagi Yevroosiyo universiteti dotsenti Saparboy Jubayev.

Qirg‘izistonda Qozog‘istondagiga o‘xshash vaziyat


Bu fikrga dotsent Saparboy Jubayev bilan suhbatdan so‘ng Qirg‘iziston Milliy universiteti sobiq rektori Aalibek Akunov bilan gaplashgach keldik.

Janob Akunovga ko‘ra, Qirg‘izistonda kirish imtihonlari bekor qilingan.

Maktablar bitiruvchilari Umumrespublika testi (ruschasi ORT) topshiradi. Oliy o‘quv yurtlariga qabul har yili may-iyun oylarida o‘tkaziladigan ana o‘sha Umumrespublika testi natijalariga asosan o‘tkaziladi.

Qirg‘izcha testning ham detallariga to‘xtalmasdan Aalibek Akunovga bugun bizni qiziqtirgan ikkinchi asosiy savolimizni berdik.

Korruptsiya nima bo‘ldi, korruptsiya?

- Sovet davrida yoki mustaqillikning dastlabki yillarida mavjud bo‘lgan korruptsiya o‘qishga qabul qilish bosqichida yo‘q. Chunki pora berishga hojat qolmadi, dedi Qirg‘iziston Milliy universiteti sobiq rektori Aalibek Akunov.
XS
SM
MD
LG