Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:14

Al-Jazira sayti yana hakerlar hujumiga uchradi


Qatarning Al-Jazira telekanali bir hafta ichida ikkinchi marta hakerlar hujumiga duchor bo‘ldi.

Aytilishicha, uyali telefonlarga axborot tarqatadigan tizimga kirib olgan hakerlar mijozlarga soxta xabarlar tarqatgan. Obunachilar olgan yolg‘on xabarlar orasida, masalan, Qatar Bosh vaziriga suiqasd uyushtirilgani kabi “yangilik”lar bor.

Mazkur hujumlar uchun mas‘uliyatni prezident Bashar Assad rejimini yoqlovchi Suriya elektron armiyasi o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda hakerlar o‘zlarining Tvitter mikroblogidagi akkauntida bildirganlar.

O‘tgan hafta jinoyatchilar Al-Jazira saytiga yorib kirib, unga Suriya hukumatini qo‘llovchi shiorlarni joylashtirgandi.

Qatar Bashar Assad rejimining eng ashaddiy tanqidchilaridan va suriyalik isyonchilarning eng faol dastakchilaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG