Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:33

AQShda "Sendi" dovuli qurbonlari soni 40 kishiga yetdi


Nyu York shahrining Manxetten qismini suv bosdi.
Nyu York shahrining Manxetten qismini suv bosdi.
AQSh sharqiy sohiliga kelgan “Sendi” dovulidan o‘lganlar soni 40 kishiga yetdi. 8 million uy xo‘jaliklari va korxonalar elektrsiz qoldi.

Dovuldan eng katta talafot ko‘rgan shaharlardan biri Nyu Yorkdir. U yerda dushanba kuni boshlangan tabiiy ofat oqibatida kamida 18 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Nyu York transport infrastrukturasi butunlay ishlamayapti. Metro, poyezd stantsiyalari va aeroportlar yopiq qolmoqda.

Biroq, rasmiylarga ko‘ra, Nyu York birjasi va AQSh federal idoralari chorshanba kundan boshlab ochilishi mumkin.

Prezident Barak Obama saylovoldi kampaniyasini to‘xtatib, chorshanba kuni Nyu Jersi shtatida tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlar bilan uchrashishni rejalashtirgan.

AQShda prezidentlik saylovlari kelasi seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

"Sendi" dovuli keltirgan talafotlar suratlarda:

XS
SM
MD
LG