Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:52

O'zbekiston FIFA reytingida bir pog'ona yuqoriladi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi
FIFA tashkiloti e‘lon qilgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoalarning noyabr oyidagi reytingida O‘zbekiston o‘tgan oyga nisbatan 1 pog‘ona yuqoriladi.

Ayni damda O‘zbekiston FIFA jahon reytingida 69-o‘rindan joy olgan.

Osiyo zonasida yesa O‘zbekiston 5-o‘rinda mustahkam bormoqda. Birinchi o'rinda Yaponiya, ikkinchi o'rinda Janubiy Koreya, uchinchi o'rinda Avstraliya va o'rtinchi o'rinda Eron terma jamoalari joy olgan.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligida esa Ispaniya, Germaniya va Argentina terma jamoalari o‘rin olgan. Murabbiy Fabio Kapello boshchiligidagi Rossiya terma jamoasi 3 pog'ona yuqorilab, 9-chi o'ringa chiqib oldi.

Mintaqa mamalakatlari orasida O‘zbekiston dadillik bilan birinchilikni saqlab qolmoqda. Qo'shni mamlakatlarga FIFA reytingi birinchi yuztaligiga kirish nasib etmadi - Turkmaniston 129, Tojikiston 137, Qozog'iston 140. Qirg'iziston esa tarixidagi eng quyi pog'ona - 200-chi o'ringa tushdi.

O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni olgan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi.

Eslatamiz, 14 noyabr kuni Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Tehronda Eron termasiga qarshi maydonga tushadi. O'yin JCh-2014 saralash o'yinlari so'nggi bosqichi doirasida o'tadi.
XS
SM
MD
LG