Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:23

"Uzbekistan Illustrated" sahifasiga tahdid bo`ldi


Facebook ijtimoiy tarmog`ida yaqinda ochilgan va kun sayin ommaviylashib borayotgan "Uzbekistan Illustrated" (O'zbekiston rasmlarda) sahifasi moderatoriga tahdid qilinmoqda.

Bu haqda o`zbekistonliklar hayotiga oid karikaturalarni e'lon qilib boradigan sahifa ma'muriyati ochiq xat orqali ma'lum qildi.

Shaxsini oshkor qilmagan Internet foydalanuvchisi (yoki bir guruh foydalanuvchilar) Facebookdagi sahifa muallifiga har hil "nik"lar orqali xat yo'llab, sahifada chop etilayotgan ba'zi karikaturalar "ayrimlarga" yoqmayotgani va rasmlar muallifiga "ko`pchilik tish qayrab turgani"ni bildirgan.

"Uzbekistan Illustrated" ma'muriyatining yozishicha, tahdid xatida sahifa uchun anonim tarzda karikaturalar chizib kelgan muallif to`g`risida ma'lumotlarni - uning ismi, surati, u ishlagan loyihalar, hattoki uning shaxsiy telefon raqamini ham aniq bilishini aytgan.

Kimligini oshkor etmagan tahdidchidan kelgan xatlardan birida shunday deyiladi:

"Mening ko‘plab tanishlarimga veb-saytdagi ba‘zi: militsiya, hokimlarning o‘rinbosarlari (qayerdan olishdi ekan buni? - "UI" ma'muriyati), aeroport va hakozolar haqidagi ishlaringiz yoqmaydi… Shuning uchun ham “fosh qilyapmiz”. Qahramonimiz kimligini bilib qo‘yishsin. Agar qo‘rqayotgan bo‘lsangiz, to‘g‘ri qilasiz. Sizga qarshi ko‘pchilik tish qayrab turibdi… Haqiqatni gapirishni yaxshi ko‘raman. Karikatura – o‘zbeklar uchun yangilik", deb yozgan anonim shaxs.

Facebookdagi sahifada har kuni bittadan "svejiy" karikatura chop etib keladigan rassom bugungi hajviy rasmini tahdidchiga bag`ishladi va unda tishini qayrab turgan odamlarni aks ettirdi. Hozirga kelib bu karikatura ikki yuzga yaqin "like" to`pladi.

Anonim tahdidlarga javoban shu kungacha shaxsini yashirib kelgan rassom o`zining kimligini "Uzbekistan Illustrated" sahifada oshkor qildi. U samarqandlik, biroq ayni damda oilasi bilan AQShda istiqomat qilayotgan Jasur Rahimovdir.

"Bu xat orqali kimligimni ochiqlamoqchiman. Nega buni avvalroq qilmadim? Sababi men odamlarning shaxsiyatga chalg`imasdan, suratlardan bahra olishini istardim. Men usiz ham Internetning ko`p joyida borman. Aytgancha, mening ismim Jasur Rahimov va bu sahifani rafiqam ikkalamiz olib boramiz. Men mashhur va masrur Samarqand shahridanman. Men suratlar chizaman va o`zimni erkin rassom deb hisoblayman. Yana foto va videoga ham olaman... Ayni damda AQShda yashayman", deb yozdi sahifa muallifi.

150 ming o`zbekistonlik foydalanuvchisi bor Facebook tarmog`idagi "Uzbekistan Illustrated" sahifasi ishga tushganiga bir oycha bo`lib qolganiga qaramasdan, ayni damda uni "like" qilganlar soni 2,5 ming kishiga yetgan. Sahifada muallif Jasur Rahimov O`zbekiston va oddiy o'zbekistonliklar hayotiga oid o'zi chizgan rang-barang karikaturalarni chop etib boradi.

Mahorat bilan chizilgan karikaturalarda oddiy o`zbekistonliklarning kundalik hayoti, yashash tarzi, odatlari, quvonchi-yu tashvishlari aks etgani uchun ham guruh borgan sari ommaviylashib bormoqda.

Anonim tahdidchining "Karikatura - o`zbeklar uchun yangilik" degan iddaosi esa ayrim o`zbekistonlik Internet foydalanuvchilari noroziligiga sabab bo`ldi. Ular O`zbekistonda qariyb bir asrdan beri (1923 yil) chop etib kelinadigan mashhur "Mushtum" hajv jurnalini misol sifatida keltirishmoqda.

Quyida "Uzbekistan Illustrated" sahifasidan olingan karikaturalar to`plami keltiramiz. Suratlar rassom roziligi bilan olindi.

"Ayrimlar bizga nisbatan tish qayramoqda"
"Ayrimlar bizga nisbatan tish qayramoqda"
"Baqiroq konduktor"
"Baqiroq konduktor"
"Taksi kerakmi?"
"Taksi kerakmi?"
"O`zbekiston sotka bozori"
"O`zbekiston sotka bozori"
"Paynetchi"
"Paynetchi"
"Plan bajarildi"
"Plan bajarildi"
"Antenna bormi?"
"Antenna bormi?"
"Hujjat"
"Hujjat"
"Qo`chqorlar"
"Qo`chqorlar"
XS
SM
MD
LG