Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:45

Rossiyada o‘zbek avtomobillarining xaridori biroz ozaygan


Joriy yilning o‘tgan 10 oyi ichida GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi tomonidan Rossiyada sotilgan avtomobillar miqdori o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7 foizga kamaydi. Bu haqda Yevropa biznesi assotsiatsiyasining Avtomobilsozlar qo‘mitasi ma‘lum qiladi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar Rossiyada o‘tgan oyda 2011 yil oktyabriga qaraganda 10 foizga kam sotilgan. Agar o‘tgan yil oktyabrida bu mamlakatda 7856 dona o‘zbek avtomobili sotilgan bo‘lsa, bu yil mazkur raqam 7104 donani tashkil qilgan.

Joriy yil yanvaridan noyabrigacha Rossiyada GM Uzbekistan mahsuloti bo‘lgan 45431 dona Nexia va 28158 dona Matiz sotilgani aytilmoqda.

2012 yilning o‘n oyi natijalariga ko‘ra, Rossiyada eng ko‘p sotiladigan avtomobillar orasida Nexia 13-o‘rinni, Matiz esa 23-o‘rinni egallagan.
XS
SM
MD
LG