Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:16

8 yoshli Nodirbek - shaxmat bo‘yicha jahon chempioni


O‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov 8 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar orasida jahon chempioniga aylandi.

Mazkur chempionat shu yilning 7 noyabridan 19 noyabrigacha Sloveniyaning Maribor shahrida o‘tkazildi.

Unda toshkentlik Nodirbek ehtimoliy 11 ochkodan 10 ochko jamg‘arib, tengdoshlari orasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Abdusattorov o‘tgan yili yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida Hindiston poytaxti Dehlida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Shaxmat bo‘yicha bu galgi jahon chempionatida O‘zbekiston sha‘nini 13 nafar yosh shaxmatchi himoya qildi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan uyushtirilgan mazkur musobaqada butun dunyodan jami 1,5 ming nafar iqtidorli yosh shaxmatchi ishtirok etgan.
XS
SM
MD
LG