Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:00

"Paxtakor" o‘yinchisi "Monako"ga o‘tishi mumkin


Toshkentning "Paxtakor" futbol klubi himoyachisi Jamshid Boltaboyev Frantsiyaning “Monako” klubiga o‘tishi mumkin.

Bu haqda 12news.uz sayti toshkentlik klub matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Jamshid Boltaboyev 9 dekabr kuni Toshkentdan Monako shahriga uchib ketdi.

"Paxtakor"ning yosh o‘yinchisi "Monako" klubi skautlari e‘tiboriga 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi osiyo chempionatida tushgani aytilmoqda.

Boltaboyev olti kun davomida "Monako" klubi mashg‘ulotlarida qatnashadi.

Agar "Paxtakor" himoyachisi mashg‘ulotlar davomida o‘zini ko‘rsata olsa, "Monako" klubidan unga rasmiy taklif tushishi mumkin.

Eslatamiz, Jamshid Boltaboyev O‘zbekistonning o‘smirlar terma jamoasi safida sentyabr-oktyabr oylarida Eronda o‘tgan 16 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan edi.
XS
SM
MD
LG