Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:42

Rim papasi Twitterda ilk xabarini yozdi


Rim papasining Twitterdagi ilk mujdasi.
Rim papasining Twitterdagi ilk mujdasi.
Bugun katolik nasroniylarining oliy ruhoniysi – Rim papasi Benedikt XVI Twitterda o‘z muridlarini duo qildi.

"Aziz do‘stlarim¸ men siz bilan Twitter orqali bog‘lanish imkonidan juda xursandman. Sizning meni iliq qarshi olganingizdan ham minnatdorman. Men barchangiz uchun chin qalbimdan duoyi fotiha qilaman”¸ deb yozdi Rim papasi o‘zining ilk Twitter mujdasida.




Rim papasi uchun Twitterda ingliz tilida xususiy hisob ochilganidan bir necha kun o‘tib¸ garchi ilk xabar bugun yozilgan bo‘lsa-da¸ uning muxlislari soni bir milliondan oshib ketdi.

Vatikan rahbari bundan buyon Twitterda faol bo‘lish va katolik e‘tiqodi bilan bog‘liq savollarga muntazam javob berishga va‘da berdi.

Ayni paytda¸ Rim papasining Twitterdagi xabarlarini ispan¸ frantsuz¸ italyan¸ nemis¸ portugal¸ polyak va arab tillarida ham o‘n minglab muridlari kuzatmoqda.
XS
SM
MD
LG