Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:08

Messi to'purarlik bo'yicha jahon rekordini yana yangiladi


Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi hujumchisi Lionel Messi bir taqvim yilida eng ko'p gol kiritish bo'yicha o'zi qoygan rekordni yangiladi.

12 dekabr kuni Ispaniya kubogi doirasida "Kordoba" jamoasiga qarshi o'tgan o'yinda Messi dublga mualliflik qildi va 2012 yilda kiritgan gollari sonini 88 ga yetkazdi.

O'tgan hafta Lionel Messi 1972 yilda “Bavariya” jamoasi va G'arbiy Germaniya termasi hujumchisi Gerd Myuller tarafidan o‘rnatilgan 85ta golli rekord ko‘rsatkichni yangilagan edi.

Argentinalik hujumchi 2012 yili ohirigacha yana ikki marta rekordini yangilash imkoniyatiga ega, chunki dekabr o'yi ikkinchi yarmida "Barselona"ni yana ikki uchrashuv kutib turibdi.

25 yoshli Messi birinchi marta rekord urayotgani yo'q. U 2011/2012 yilgi mavsumda "Barselona" tarkibida 73 gol urib, 1972/1973 mavsumida erishishilgan 67 gollik Gerd Myuller rekordini urgan edi.

Bundan tashqari Messi 2011/2012 yilgi mavsumda Ispaniya chempionatida 50 gol urib, La Liga to'purariga aylangan edi.

Lionel Messi "Barselona" jamoasining to'purari ham hisoblanadi. U shu kungacha "Barsa" tarkibida 232 golga mualliflik qilgan.

Ayni damda Messi 21 goli bilan La Liga to'purarlari ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda. "Real Madrid" yarim himoyachisi Krishtianu Ronaldu esa 13 goli bilan ikkinchi o'rinda.

Lionel Messi joriy yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga nomzod etib ko‘rsatilgan. FIFA tarafidan taqdim etiladigan ushbu unvonga Messi so‘nggi uch yil davomida egalik qilib kelmoqda.

"Barselona" - "Kordoba" 12 dekabr, 2012.

XS
SM
MD
LG