Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:26

Dubayda o‘zbekistonlik ikki ayol ozodlikdan mahrum qilindi


Dubay shahrida odam savdosi, hamyurtlarini jinsiy ekspluatatsiya qilganlik va fohishalikda ayblangan o‘zbekistonlik uch ayol ba‘zi odam savdosiga oid ayblovlar bo‘ychia oqlangan. Lekin ularning ikki nafari fohishalik qilgani uchun qamoqqa hukm qilingan.

Gulfnews internet nashriga ko‘ra, 50, 28 va 25 yoshdagi o‘zbeksitonlik ayollarning odam savdosi va boshqalarni fohishalikka majburlashga oid ayblovlarini isbotlovchi dalillar bo‘lmagani sababli ular sudda oqlangan.

Biroq sud hay‘ati raisi Al-Menyaviy sudlanuvchilarning ikki nafarini fohishalik bilan shug‘ullanganlikda aybdor, deb topgan va uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilgan.

Al-Menyaviy ayollar jazoni o‘taganidan keyin O‘zbekistonga deportatsiya qilinishini bildirgan.

Joriy yil 24 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Dubay sudi odam savdosi va fohishalikda ayblangan uch nafar o‘zbekistonlik ayolni bir yildan uch yilgacha qamoq jazosiga hukm qilgan edi.
XS
SM
MD
LG