Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:08

iPhone 5 Xitoy savdolarida rekord o'rnatdi


Apple shirkati tarafidan sentabr oyida savdoga chiqarilgan iPhone 5 smartfoni Xitoy bozorida rekod o'rnatdi. Shirkat bergan ma'lumotga ko'ra, Xitoydagi savdolarning dastlabki uch kunida ikki milliondan oshiq yangi smartfon sotilgan.

"Tishlangan olma" shirkati Xitoydagi iPhone 5 savdosini 14 dekabr, juma kuni boshlagan edi. Uch kun ichida ikki milliondan ko'proq sotilgan smartfon shirkatning dam olish kunlaridagi savdolari rekordini yangilagan.

Xitoy bozorida mobil operatoriga ulanmagan iPhone 5 ning eng sodda, 16 gigabayt xotiraga ega modeli 5288 yuan (850 AQSh dollari), eng katta xotiraga ega, 64 gigabaytli modeli esa (1100 AQSh dollari) dan sotilmoqda.

AQShda esa smartfonning 16 gigabaytli modelini (mobil operatoriga ulangaman) savdo soliqlarini hisobga olganda tahminan 680 dollarga sotib olish mumkin.

iPhone 5 smartfoni joriy yilning 12 sentabrida e'lon qilinib, savdoga 21 sentabr kuni chiqarilgan edi. Apple savdolarning dastlabki uch kuni davomida sakkiz mamlakatda besh million dona yangi iPhone sotilgan edi.

iPhone 5 smartfoni o'zining eski avlodi, o'z davrida Apple savdo rekordlarini yangilagan iPhone 4S o'rniga chiqarilgan.

iPhone 5 ning iPhone 4S dan farqi nima?


Quyida iPhone 5 ning oldingi modellarga solishtirgandagi quylayliklarini keltiramiz:

- iPhone 5 og'irligi 112 gramm, qalinligi esa 7 millimetr. 4S modeliga qaraganda 20 yengilroq, 18% yuqparoq.

- Uning korpusi faqat shisha va alyuminiydan yasalgan. Shisha ekrani maksimal darajada tashqari kuchlarga bardoshli etib tayyorlangan.

- iPhone 5 protsessori 4S nikiga qaraganda ikki barobar kuchli. Unga A6 chipi o'rnatilgan. 4S chipi A5 edi. Bu esa smartfonni eng mukammal grafikali mobil uskunaga aylantirdi.

- Yangi smartfonning kamerasi 4S nikidagi kabi 8 mekapiskel. Biroq unga yangi, mukammalroq filtrlar o'rnatilgan. Buesa ranglarni aniq va tiniq olinishiga imkoniyat yaratadi.

- Panorama funksiyasi yordamida Phone 5 egalari yuqori sifatli panorama (180 va undan oshiq gradusli) suratlarni olishlari mumkin.

- Kutilganidek, yangi iPhone da 4 dyuyumli Retina ekrani o'rnatilgan. 4S ekari 3,5 dyuym edi.

- iPhone 5 dok konnektori va quloqchinlari ham o'zgargan. Konnektor oldingilariga qaraganda 80% kichikroq. Quloqchin esa so'nggi texnologiyalar bilan yasalgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG