Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:51

O‘zbekistonning KXShTga a‘zoligi rasman to‘xtatildi


O‘zbekistonning MDH Kollektiv xafvsizlik shartnomasi tashkilotidagi (KXShT) a‘zoligi rasman to‘xtatildi.

Rossiyadagi axborot agentliklari xabariga ko‘ra, bu haqda KXShTga a‘zo davlat rahbarlarining 19 dekabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tayotgan sammitida Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenka e‘lon qilgan.

"Biz KXShTdagi a‘zoligini to‘xtatish haqidagi ularning (O‘zbekistonning) iltimosini qondirdik", deya bayonot bergan Belarus prezidenti.

Aleksandr Lukashenka KXShT davlatlari “tashkilotga a‘zo bo‘lishda barcha davlatlar, jumladan, bu davlatga ham yengillik berilmasligi”ga kelishib olinganini qo‘shimcha qilgan.

Kollektiv xafvsizlik shartnomasi tashkilotiga Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston a‘zo bo‘lib qolmoqda.

KXShT 1992 yil 15 mayda imzolangan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi asosida tuzilgan.
XS
SM
MD
LG