Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:09

Endi Jerar Depardye O'zbekistonga vizasiz keladi


Fransuz aktyori Jerar Depardye o'sha davrda Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin bilan. Rossiya, 12 noyabr 2010 yil.
Fransuz aktyori Jerar Depardye o'sha davrda Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin bilan. Rossiya, 12 noyabr 2010 yil.
Rossiya prezidenti Valdimir Putin taniqli fransuz akytori Jerar Deparyega Rossiya fuqaroligini berish haqidagi qarorga imzo chekdi. Bu haqda Kreml rasmiy veb-sahifasi ma'lum qildi.

Depardyega Rossiya fuqaroligining berilishi haqida birinchi bo'lib 18 dekabrda Fransiyaning nufuzli "Le Monde" nashri xabar bergan edi. Biroq o'shanda bu xabar Putin matbuot xizmati tarafidan inkor etilgandi.

20 dekabr kuni o'tkazilgan matbuot yig'inida jurnalistlar savoliga javob berar ekan Vladimir Putin fransuz aktyoriga Rossiya fuqaroligini berishga tayyor ekanini aytgan.

- Agar Jerar chindan ham Rossiyada yashash huquni beruvchi hujjat (vid na jitelstvo - tahr.) yoki Rossiya pasportini olmoqchi bo'lsa, bu masala ijobiy hal etildi, deb hisoblasak ham bo'ladi, - degan edi prezident Putin matbuot yig'inida.

Jerar Depardye "Qozoqfilm"ning "Kechikkan sevgi" filmini suratga olish jarayonida. Qozog'iston, 3 sentabr 2009 yil.
Jerar Depardye "Qozoqfilm"ning "Kechikkan sevgi" filmini suratga olish jarayonida. Qozog'iston, 3 sentabr 2009 yil.
Eslatamiz, taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye Fransiya prezidenti Fransya Ollandning daromadi bir million yevrodan oshadigan fuqarolarga soliqni 75% ga oshirish qaroriga qarshi chiqib, 2012 yilning dekabr oyi boshida Fransiyadan Belgiyaga yashagani ko'chib o'tgan edi.

Dekabr oyi boshida Jerar Depardye O'zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimova senariysi asosida suratga olinajan filmda kichik rollardan birini ijro etishga rozi bo'lgani haqida xabar bergan edik.

Film voqealari tarixiy 5-6 asrlarga taalluqli bo'lib, Jerar Depardye unda yevropalik ruhoniy obrazini yaratishi kutilmoqda.

Filmdagi rolini muhokama etish uchun dekabr oyida O'zbekistonga tashrif buyurgan Depardye "Googoosha" bilan "Nebo molchit" qo'shig'ini ijro etgan edi. Unda u Karimova qalamidan ekani aytilayotgan she'rni o'qiyni.

Agar fransuz aktyori prezident Putin tarafidan berilgan Rossiya fuqaroligini qabul qilsa, u keyinchalik O'zbekistonga vizasiz kelishi mumkin.
XS
SM
MD
LG