Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:41

HaydovchiDAN jarimani naqd pulda olish taqiqlandi


DAN xodimlari endi faqat piyodalardan naqd pulda jarima olishlari mumkin. Dmitriy Chistoprudov olgan surat.
DAN xodimlari endi faqat piyodalardan naqd pulda jarima olishlari mumkin. Dmitriy Chistoprudov olgan surat.
Joriy yilning 4 yanvaridan kuchga kirgan yangi qonunchilik me‘yoriga ko‘ra, O‘zbekistonda haydovchilar jarima pulini faqat kassaga to‘laydigan bo‘ldi.

O‘zbekiston “Ma‘muriy javobgarlik haqidagi kodeks”idan yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarning naqd pulda jarima to‘lashlariga oid bandi olib tashlandi.

Bu o‘zgartish o‘tgan yilning 29 dekabrida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonundan kelib chiqib amalga oshirildi.

Davlat avtomobil nazorati (DAN) Toshkent shahridagi bo‘limlaridan birining ismini oshkor qilmayotganimiz xodimiga ko‘ra, endilikda militsiya xodimlariga qoidani buzgan haydovchilardan jarimani naqd pulda olish taqiqlanadi.

“Shu paytgacha DAN xodimlari voqea joyida haydovchilardan jarimani naqd pulda undirish huquqiga ega edi. Lekin qonunga kiritilgan yangi o‘zgartirishdan so‘ng DAN xodimlari umuman haydovchilardan jarimani naqd pulda undirishi mumkin emas”, dedi DAN xodimi.

Shu kunga qadar yo‘l harakati qoidasini buzgan haydovchilar e‘tiroz bildirmasa, bir oylik eng kam ish haqidan kam bo‘lgan jarimani naqd pulda inspektorga to‘lashiga ruxsat berilgan edi.

O‘zbekistonlik haydovchilar yo‘l harakati xavfsizligini taminlash sohasidagi korruptsiya holatlari aynan DAN xodimlari tomonidan jarima undirish paytida sodir etilishini ta‘kidlaydilar.

Ozodlik bilan mikrofonsiz gaplashgan toshkentlik taksi haydovchisi O‘ktam akaning aytishicha, DAN xodimlari jarima kvitantsiyasini to‘ldirmaslik evaziga haydovchilardan pul undirishadi.

Farg‘ona viloyatidagi DAN bo‘limida xizmat qilgan va ishdan haydalgan kichik serjant 30 yoshli Jahongir Nazarov ham haydovchilardan ayni shu holatda pul “ishlash”larini tan olgan edi.

Sobiq kichik serjant Nazarovning aytishicha, bu holatdan soha mutasaddilari ham xabardor bo‘lib, DAN xodimlariga oylik maoshlari o‘rniga jarima undirish uchun kvitantsiyalar berilgan.

- Bizga oyiga kvitantsiya beriladi. Deylik bitta kvitantsiya 12 ming 450 so‘m ëki mana hozir oyliklar oshdi, oshgan bo‘lishi kerak jarima, kvitantsiya beradi haydovchilar tomonidan xavfsizlik kamari taqilmagan taqdirda joyida jarima qilish uchun ëki texnik nosoz transport vositasini boshqarganda joyida jarima qilish uchun. Ana shuni bizga majburan beradi. Biz joyida aniqlab qoidabuzarliklarni, jarima qilib pulini topshirishimiz kerakda. Pulni topshirish topshirmaslik bilan bularning ishi yo‘q. Masalan, oyligim 700 ming bo‘lsa, menga 600-700 ming so‘mlik kvitantsiyani berib qo‘yadi. Bo‘ldi. Oylik shunday kvitantsiyaning puliga o‘tib ketaveradi,- degan edi Ozodlik bilan o‘tgan yilning dekabr oyi boshida suhbatlashgan Jahongir Nazarov.

Toshkentlik taksi haydovchisi O‘ktam aka fikricha, yangi o‘zgartish DAN sohasidagi korruptsiyaga umuman barham bermaydi.

Yangi tartibga muvofiq Davlat avtomobil nazorati inspektorlari endi faqat piyodalardan naqd pulda jarima olishlari mumkin.
XS
SM
MD
LG