Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:51

Toshkentda qizlarni foxishalikka jo‘natganlar qamaldi


Toshkent shahar Sergeli tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudi qizlarni Malayziyaga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun jo‘natgan Lyudmila Xvanni 8 yil 6 oyga, Marina Ten, Liliya Istamova va Malik Ahmedovni 8 yildan ozodlikdan mahrum etdi.

12news.uz agentligining tuman sudi raisiga tayanib xabar berishicha, Lyudmila Xvan bir necha yil davomida qizlarni fohishalik qilishlari uchun Malayziyaga jo‘natib turgan va har biri uchun kamida 100 dollar olgan.

Aldangan qizlardan biri huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilganidan keyin jinoiy guruh qo‘lga tushgan. Marina Ten va Liliya Istamova L. Xvanga yordam berishdan tashqari qizlarni Xitoyga ham jo‘natib turgani ma‘lum bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG