Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:35

Asus shirkati 150 dollarlik planshet chiqardi


Komyuterlar ishlab chiqarish bo'yicha dunyodagi yetakchi shirkatlardan biri hisoblanmish Asus kompaniyasi 150 dollarlik planshetni chiqardi.

Ekrani 7 dyuym va Android 4.1 operatsion tizim asosida ishlaydigan MeMo Pad planshetining batareyasi quvvati 7 soatga yetishi aytilmoqda.

Shirkatga ko'ra, yangi tabletda bir gigagerslik protsessor, bir gigabaytlik operativ xotira va 6 yoki 8 gigabaytlik ichki xotira o'rnatilgan bo'ladi.

Bundan tashqari yangi planshetda microSD xotira kartasi uchun joy ham bo'lishi aytilmoqda.

Asus shirkatining boshqa planshetlaridan farqli o'laroq, MeMO Pad faqat bir kameraga ega. U planshetning old tarafida o'rnatilgan bo'lib, bir megapiksellik suratlarni olish quvvatiga ega.

MeMO Pad plansheti WiFi aloqasiga ulana oladi, biroq mobil Internet uchun moduli yo'q.

Kuzatuvchilarga ko'ra, Asus shirkati arzon planshetlari bilan rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlaridagi pozitsiyasini yanada mustahkamlamoqchi.

Asus 1990 yilda Tayvanda tashkil topgan. Shirkat 2011 yilgi savdo ko'rsatkichlari bo'yicha eng ko'p kompyuter sotgan kompaniyalar beshtaligiga kirgan edi.
XS
SM
MD
LG