Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:48

Umrbodga qamalgan jalolobodlik ozod qilindi


Qirg‘izistonning Jalolobod viloyat sudi bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilingan Shamsiddin Niyozaliyev ishini appelyatsiya tartibida ko‘rib chiqib, uni ozodlikka chiqardi. Nyozaliyev 2010 yil, iyun voqealaridan keyin umrbod qamalgan o‘nlab qirg‘izistonlik o‘zbekdan biridir.

Jaloloboddagi norasmiy manbadan olingan bu xabarni Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati muxbiri Irisbay Abdraimov viloyat prokuroridan olingan ma‘lumotga tayanib, tasdiqladi.

Jaloloboddagi norasmiy manbadan olingan bu xabarni Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati muxbiri Irisbay Abdraimov viloyat prokuroridan olingan ma‘lumotga tayanib, tasdiqladi.

Shamsiddin Niyozaliyev 2010 yilning 13-14 iyun kunlari Bishkek – O‘sh yo‘lining Sanpa deb ataluvchi qismida bir guruh odamlar bilan o‘ndan ortiq fuqaroning o‘ldirilishida ishtirok etganlikda aybdor, deb topilib, 2012 yilning 25 oktyabrida Jalolobod viloyat Suzoq tuman sudi unga nisbatan umrbod qamoq jazosini belgilagan edi.

Jalolobod viloyat sudi Shamsiddin Niyozaliyev ishini 28 noyabrda appelyatsiya tartibida ko‘rishni boshlagan.

Ozodlik muxbiri Irisbay Abdraimovning xabar qilishicha, Niyozaliyevning 21 yanvar kuni ozodlikka chiqarilgani to‘g‘risidagi xabarni viloyat prokurori Kilichbek Toktogulov Niyozaliyev tasdiqlagan.

“Prokurorning aytishicha, prokuratura sud hukmidan norozi va shuning uchun ertaga hukm ustidan kiritmoqchilar”, dedi Ozodlik muxbiri.

Shamsiddin Niyozaliyev 2010 yilda Sanpa voqeasida ishtirok etganlikda ayblanib xalqaro qidiruvga berilgan edi. U 2012 yilning yanvar oyida Qozog‘istonda qo‘lga olingan va Qirg‘izistonga topshirilgan.

Shamsiddin Niyozaliyev sud jarayonida o‘zining aybsiz ekanini, O‘sh voqeasi boshlanishidan deyarli bir oy oldin ish bilan O‘zbekistonga ketgani, keyin esa Rossiyaga borib ishlaganini bildirgan.

-Men 2010 yilning 20 mayida O‘zbekistonga kimyoviy o‘g‘it olib kelish uchun o‘tganman. U yerda men ikki oylik propiskaga turib, Farg‘ona shahrida yashaganman, -degan edi Shamsiddin Niyozaliyev.

Biroq davlat ayblovchisi 2010 yil aprel voqealaridan so‘ng O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan chegarasini yopib qo‘yganini dalil qatori keltirib, Niyozaliyev O‘zbekistonda yashaganiga shubha bildirgandi.

Davlat ayblovchisi Abdumanop Temirkulovning “Agar Sanpa voqeasida qatnashmagan bo‘lsangiz nega 2 yil qochib yurdingiz? Nega uyingizga qatymadingiz?” degan savoliga Niyozaliyev “Menga akam “Men voqealarda qatnashmasam ham melisaga olib ketishib, rosa kaltaklashib ayb qo‘ymoqchi bo‘lishayapti, Sen kelmay tur”, deb aytgan edi. Shuning uchun men sabr-toqat qildim, - deb javob bergan edi.

2010 yilning 12-13 iyun kunlari Suzoq tumanidagi “Sanpa” paxta zavodi yaqinida mahalliy o‘zbeklar Bishkek-O‘sh yo‘lini to‘sib, yo‘lga mazut to‘kkan va ularning nazarida Bishkekdan O‘shga o‘zbeklarga qarshi urush qilish uchun kelayotgan qirg‘izlar mashinalarini to‘xtatib, ularni o‘ldirgan. Natijada 10 kishi o‘ldirilgan, 2 kishi bedarak yo‘qolgan, 9 mashina yoqib yuborilgan.

Mazkur ish yuzasidan muqaddam 19 odam sudlanib, ulardan 17 nafari umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi.
XS
SM
MD
LG