Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:15

Noming o‘chsin, Stalin!


Stalin tug‘ilgan yurtdagi so‘nggi haykal 2010 yili ag‘darildi.
Stalin tug‘ilgan yurtdagi so‘nggi haykal 2010 yili ag‘darildi.
Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng qaytalagan Stalin qatag‘onlarining ikkinchi to‘lqinida antisovet faoliyatda ayblanib, GULAG qamoqxonalarida jazo o‘tagan yozuvchi Shukrullo o‘z xonadonida Ozodlikka videointervyu berdi.

Stalin lagerlarining sobiq tutquni¸ yozuvchi va shoir Shukrullo 92 yoshda.

Stalin o‘limini qamoqxonada xursandlik bilan bilan qarshilagan Shukrullo Ozodlik bilan suhbatda ota-onasi mol mulkini musodara qilgan¸ tengdosh ziyolilarni qirg‘in qilgan bu mustabiddan tarixda yomon nom qolganligini urg‘uladi.


Stalin davrida yorug‘ kun ko‘rmadim


Bu kalimani shoir Shukrullo Ozodlik bilan suhbatda qayta va qayta ta‘kidladi.

Shukrullo Stalin qatag‘onlarini boshidan kechirgan adibdir.

Bu yil minglab o‘zbek ziyolilarini qatag‘on qilgan Iosif Stalin vafot etganiga 60 yil to‘ladi. Sobiq sovet kommunistlarining stalinizmdan rasman voz kechganiga 57 yil bo‘ldi.

Rasmiy bayonot va va‘zlarida voz kechganlari bilan, kommunistlar amalda stalinizmdan voz kecholmadilar va Stalin lagerlarida o‘lgan-o‘ldirilgan millionlab aristonning suyaklari ustiga qurilgan Sovet davlati oxir-oqibat parchalanib bitdi.

Bu parchalanish stalinizmdan batamom qutulishning tarixiy imkoniyati edi.

1956 yilda KPSS XX qurultoyida Stalin shaxsiga sig‘inish rasman qoralangan edi.

Bu qurultoydan so‘ng Cho‘lpon va Fitratlar zimmasidan "aksil-sho‘ro faoliyati"ga doir ayblovlar olib tashlandi.

Ammo O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi ularni yana o‘z safiga tiklashga jur‘at eta olmadi.

yozuvchi Nabijon Boqiy 1989 yilda o‘sha davr hujjatlari bilan tanishdi.

G‘afur G‘ulom¸ Komil Yashin¸ Izzat Sultonlarning Stalin o‘limidan keyin ham Cho‘lpon va Fitratlar "xalq dushmani" degan fikrda qolgani Nabijon Boqiiy tanishgan KGB arxivida muxrlangan edi.

O‘zbeklar 57 yil burun bu tarixiy imkoniyatdan foydalana olmagani aytiladi.

Shu ma‘noda¸ bugungi o‘zbek jamiyati tiynatida totalitarizm¸ repressiya timsoli sifatida ko‘riladigan stalinizmning ulushi qancha?

Nega Stalin tug‘ilgan yurtda bekor bo‘lgan taqiq va cheklashlar O‘zbekistonda hanuz amalda?

Bu savollarga atoqli adib Shukrullo Ozodlik videomehmoni o‘laroq javob berdi.

Шоир Шукрулло билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:11:57 0:00


Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yilda Toshkentning Olmazor mahallasida ziyoli oilada dunyoga kelgan.

Toshkent Davlat dorilfununlarida tahsil oldi.

Ilk she‘riy to‘plami - "Baxt qonuni" 1939 yilda chop etildi.

Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng boshlanib ketgan Stalin qatag‘onlarining ikkinchi to‘lqinida sho‘rolarga qarshi faoliyatda ayblanib, GULAG qamoqxonalariga tashlandi.

Stalinning o‘limidan so‘ng oqlangan adib, qatag‘on yillarida boshdan kechirganlarini 1991 yilda chop etilgan "Kafansiz ko‘milganlar" romanida tasvirlab beradi.

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo 1990 yillar boshida bir muddat O‘zbekiston prezidenti huzurida tashkil etilgan Prezident Kengashi a‘zosi sifatida ham faoliyat ko‘rsatdi.

Shukrullo Karlo Gotssining "Baxtiyor gadolar" pьesasi, Shandor Petyofi, Taras Shevchenko, Qaysin Quliyev va boshqa shoirlarning she‘rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Uning asarlari rus, arab, turk, ozarbayjon, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz tillarida nashr etilgan.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1994). "Do‘stlik" (1994) va "El-yurt hurmati" (1999) ordenlari bilan mukofotlangan
XS
SM
MD
LG