Rossiyaning Naberejnie Chelni shahrida istiqomat qilib kelgan 30 yoshdagi O‘zbekiston fuqarosi 8 yoshli Vasilina Galitsinani o‘ldirganlikda ayblanmoqda.
Rossiya Tergov qo‘mitasi bergan ma‘lumotga ko‘ra, ikkinchi sinf o‘quvchisi Galitsina tanasida jinsiy tajovuz alomatlari va pichoq bilan berilgan zarba izlari topilgan.
Ma‘lumotda aytilishicha, Farid ismli ayblanuvchining qotillikni amalga oshirganini isbotlovchi dalillar yetarlicha to‘plangan.
Seshanba kuni hibsga olingan o‘zbekistonlik o‘z aybiga iqror bo‘lgani aytilmoqda.
8 yoshli Vasilina Galitsina 2 fevral kuni maktabga ketib, uyiga qaytmagan edi.