Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:02

Rim Papasini saylash marosimi chorshanba kuni davom etadi


“Sikstin kapellasi” mo‘risidan chiqayotgan qora tutun. Vatikan, 12 mart 2013 yil.
“Sikstin kapellasi” mo‘risidan chiqayotgan qora tutun. Vatikan, 12 mart 2013 yil.
Katolik cherkovining 266-chi Papasini saylash marosimi chorshanba kuni davom etadi.

Yangi Rim Papasini saylash uchun dunyoning har chetidan kelgan 115 Kardinal seshanba kuni qadimiy an‘anaga ko‘ra Vatikandagi “Sikstin kapellasi” cherkoviga kirishgan edi.

Biroq konklavning birinchi kunida cherkov mo‘risidan chiqqan qora tutun avliyo Pyotr maydoniga yig‘ilganlarga hech qaysi nomzod yetarlicha ovoz olmaganiga ishora etdi.

Rim katolik cherkoviga yangi oliy ruhoniy bo‘lib saylanish uchun nomzodlar 77 yoki undan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak.

An‘anaga ko‘ra, Vatikandagi avliyo Pyotr maydoniga yig‘ilgan minglab ziyoratchilar va jurnalistlar yangi Papa saylanganini “Sikstin kapellasi” cherkovi mo‘risidan chiqadigan tutun orqali bilib olishadi.

Qora tutun saylov natijasiz yakunlangani, oq tutun esa yangi Papa saylanganini anglatadi.

Shu tariqa, yangi Papani saylash jarayoni bir necha kunga cho‘zilishi mumkin.

Eslatamiz, fevral oyi ohirida Rim Papasi Benedikt XVI rasman papalikdan iste‘fo berib, katolik cherkovining keyingi 600 yillik tarixida rutbadan o‘z ixtiyori bilan voz kechgan ilk papa bo‘ldi.

85 yoshga kirgan papa iste‘fo sabablarini sog‘ligi og‘irlashgani bilan izohlagan.

Ammo, xalqaro axborot vositalarida Vatikan ruhoniylari orasida "besoqolbozlik"ni qo‘llagan ichki lobbichilar guruhi borligiga oid iddaolar Benedikt XVI ning ketishiga asl sabab ekani haqidagi maqolalar chop etilmoqda.
XS
SM
MD
LG