Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:42

Qozoq cho‘ponini o‘ldirgan o‘zbekistonlik yigit 12 yilga qamaldi


Qozog‘istonlik mo‘ysafid cho‘ponni o‘ldirganlikda ayblangan o‘zbekistonlik Ravshan Quramboyev 12 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Bu haqda Novosti-Kazaxstan axborot agentligi Jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo maxsus sudi sudyasi Mirzaxan Isayev so‘zlariga tayangan holda xabar tarqatdi.

Sudda 25 yoshli o‘zbekistonlik Quramboyevning Janubiy Qozog‘iston viloyatida yoshi o‘tgan cho‘ponni o‘ldirgani isbotlangan. Mahkamada sudlanuvchi maqtul bilan birga aroq ichib o‘tirgan paytda u bilan tortishib qolgani, dahanaki jang keyin o‘zaro mushtlashuvga aylangani, Quramboyev cho‘ponni tayoq bilan urgani va pirovardida cho‘pon olingan jarohat tufayli voqea joyida jon taslim qilgani aniqlangan.

Qilgan ishidan qo‘rqib ketgan Quramboyev ovloq bir joyga jasadni ko‘mib, O‘zbekistonga o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘tgan yil kuzida O‘zbekistonda ushlangan Ravshan Quramboyev Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 96-moddasi (qotillik) bo‘yicha aybdor deb topilib, 12 yilga kesilgan.

Quramboyev sud hukmi yuzasidan 15 kun ichida shikoyat arizasini kiritish huquqiga ega.
XS
SM
MD
LG