Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:12

Ruslan Chagayev amerikalik Mayk Sheppardga qarshi ringga tushadi


Professional boksning WBA tasnifida eng og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev o‘zining navbatdagi janggini 22 mart kuni Berlinda amerikalik bokschi Mayk Sheppardga qarshi o‘tkazadi.

Jang Germaniya poytaxti Berlindagi Universal Hall arenasida uyushtiriladigan boks kechasi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ruslan Chagayev bir necha oydan buyon yangi amerikalik murabbiysi Shugar Xill qo‘li ostida AQShning Detroyt shahrida shug‘ullanib keladi.

Ruslan so‘nggi jangini o‘tgan yil 1 sentyabr kuni Germaniyaning Oberxauzen shahrida o‘tkazgan va olmon bokschisi Verner Krayskottni texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchratgandi.

Uning amerikalik raqibi Mayk Sheppard professional ringda 35 ta jang o‘tkazgan va shuning 20 tasi g‘alaba qozongan.
XS
SM
MD
LG