Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:09

Rossiya bozoriga "uzbechka"larni eksport qilish hajmi oshdi


"GM O‘zbekiston" qo‘shma korxonasi joriy yilning yanvar-fevral oyida Rossiyaga avtomobillar eksport qilish hajmini o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga oshirdi.

2012 yilning ilk ikki oyi davomida Rossiya bozoriga 8905 dona avtomobil sotilgan bo‘lsa, bu yil shu muddat ichida 12049 dona avtomobilь eksport qilingan. Bu haqda Yevropa biznesi uyushmasi avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi ma‘lum qilgan.

2012 yil yakunlariga ko‘ra, “GM O‘zbekiston” Rossiyaga avtomobil eksport qilish hajmi bo‘yicha 10 - o‘rinni egallagan.

Yanvar oyida 2012 yilda “GM O‘zbekiston” AQSh-O‘zbekiston qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar Rossiyaga 2011 yilga nisbatan besh foizga kamroq eksport qilingani xabar berilgan edi.
XS
SM
MD
LG