Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:26

NATO shimoliy ta‘minot yo‘lidagi yuklarning 98 foizi O‘zbekistodan o‘tadi


2013 yil boshida NATO yuklarini O‘zbekiston temir yo‘llari orqali Yevropaga qaytarish yuzasidan test tashuvlari yakunlanadi. Bu haqda Regnum axborot agentligi Latviya bosh vaziri Valdis Dombrosvskisning 21 mart kuni seymda qiladigan nutqi matniga tayangan Latviya matbuoti xabarlari asosida ma‘lumot tarqatdi.

Regnum agentligining bildirishicha, avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Filipp Xammond Afg‘onistondagi xalqaro kuchlar tarkibidagi qo‘shinlari sonini 9 mingdan 5200 kishigacha kamaytirishi haqida aytgan edi. Buning ortidan Afg‘onistondan 6500 konteyner harbiy yuk va 2500 avtomobil olib chiqlishi lozim bo‘lgan.

“Yukning bir qismi Pokiston orqali olib o‘tiladi. Biroq harbiy yuklarning asosiy qismi Yevropaga O‘zbekiston orqali qaytariladi. Tranzit uchun 700 ming dollar miqdorida to‘lanishi kerak bo‘lgan haqni texnika va extiyot qismlar bilan berish kutilmoqda”, deb iqtibos keltiradi Regnum agentligi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri so‘zlaridan.

AQSh Mudofaa vazirligining bildirishicha, Amerika va NATO harbiylari uchun shimoliy ta‘minot yo‘li orqali Afg‘onistonga jo‘natilayotgan yuklarning 98 foizi O‘zbekiston orqali olib o‘tiladi.
XS
SM
MD
LG