Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:08

Gulnora Karimova prezident otasi yurak xurujini boshdan kechirganini inkor qildi


Prezident Islom Karimov 19 mart kuni Navro‘z tantanalarida raqsga tushgani davlat televidenisida ko‘rsatildi.
Prezident Islom Karimov 19 mart kuni Navro‘z tantanalarida raqsga tushgani davlat televidenisida ko‘rsatildi.
Gulnora Karimova otasi, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov yurak xurujini boshdan kechirganiga oid xabarlarni inkor qildi.

Prezident qizi Twitter sahifasida otasi sog'lig'i haqida berilgan savolgan “Qaysi prezident? PREZIDENTIMIZ Navro‘z bayramida 20 daqiqa to‘xtamasdan raqsga tushganini ko‘rganlar bunday xabarni taqatishi uchun ahmoq bo‘lishi kerak”, degan javobni qoldirdi.

O‘tgan hafta muxolifatdagi O‘zbekiston Xalq harakati prezident Islom Karimov 19 mart kuni yurak xurujiga duch kelganini xabar qilgan edi. Muxolifat harakati “Toshkentdagi muxbiriga” tayanib, taraqatgan xabarni O‘zbekiston prezidenti ma‘muriyati inkor qildi.

Shunga qaramay, 25 mart kuni O‘zbekiston Xalq harakati prezident Karimovning infarktni boshdan kechirganiga oid xabarni davlat matbuotdagi boshqa manba ham tasdiqlaganini xabar qildi. Bu xabarlarni boshqa mustaqil manbalardan tasdiqlatishning iloji bo‘lgani yo‘q.

O‘zbekistonni 23 yildan beri boshqarayotgan Islom Karimov yanvar oyida 75 yoshni qarshiladi. 19 mart kuni, Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentda o‘tkazilgan tantanali marosimda prezident Karimov qatnashib, bir necha daqiqa davomida raqsga tushgani davlat televidenisida ko‘rsatildi.
XS
SM
MD
LG