26 mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2014 saralash o‘yinlari doirasida Toshkentda Livan terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yin 2012 yilda ishga tushgan, 35 ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Saralash bahslarining 4- bosqichi “A” guruhida bellashayotgan O‘zbekiston jamoasi 6 uchrashuvdan so‘ng 11 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda.
Bu g‘alaba orqali O‘zbekiston jamoasi 2014 yilda Braziliyada o‘tadigan Jahon chempionati tomon yana bir qadam yaqinlashdi.
O‘zbekiston-Livan o‘yini bilan bog‘liq tafsilotlarni Ozodlik saytidagi "O‘zbekiston -Livan o‘yiniga prezident Karimov kelmadi" ( jonli blog) maqolasi orqali batafsil tanishishingiz mumkin.