Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:34

"Qaldirg'ochlar" Xitoyga uchib ketdi


Toshkentning "Bunyodkor" futbol jamoasi Pekinning "Beytzin Guan" jamoasi bilan bellashish uchun yakshanba kuni kechqurun Xitoyga uchib ketdi.

10 aprel kuni "Pekin Ishchilar Stadioni"da o'tadigan o'yin "qaldirg'ochlar" uchun Osiyo Chempionlar ligasi-2013 musobaqasining guruh bosqichidagi 4-tur uchrashuvidir.

Murabbiy Mirjalol Qosimov shogirdlari pekinlik raqiblari bilan 2 aprel kuni Toshkentda kuch sinanishgan edi. Unda hisob ochilmay, durang natijasi qayd etilgandi.

Esingizda bo'lsa, “Beytszin Guan” jamoasining asosiy tarkibidan o‘zbekistonlik yosh futbolchi, “Paxtakor”dan ijaraga olingan 21 yoshli himoyachi Yegor Krimets ham o'rin olgan.

Ayni damda “Bunyodkor” uch turdan so‘ng besh ochko to‘plab, gollar nisbatidagi ustunligi tufayli “G” guruhida peshqadamlikni saqlab qolmoqda. "Beytzin Guan" jamoasi hisobida ham 5 ochko bor.

2 aprel kuni Toshkentda o'tgan "Bunyodkor"-"Beytzin Guan" uchrashuvidan videolavha:

XS
SM
MD
LG