Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:55

Fransiya senati bir jinsli nikohlarga ruxsat berdi


Fransiya senati seshanba kuni gomoseksual juftliklarga turmush qurish va bolalarni asrab olish huquqini beruvchi qonun loyihasining birinchi moddasini ma'qulladi.

Bir jinsli juftliklar huquqini kengaytiruvchi qonun loyihasining birinchi moddasi mamlakatda gomoseksual juftliklar nikohini legallashtirishni ko'zda tutadi.

Moddani senatning 179 a'zosi qo'llagani, 157 senator esa unga qarshi ovoz bergani aytilmoqda.

Yaqin kunlarda senat qonun loyihasining boshqa moddalarini, jumladan, bir jinsli juftliklarga bolalarni asrab olish huquqini beruvchi moddani ham ko'rib chiqadi.

Fransiya parlamentining quyi palatasi joriy yilning fevral oyida bir jinsli nikoh va gomoseksual juftliklarga bolalarni asrab olishga ruhsat beruvchi qonun loyihasini to'lig'icha ma'qillagan edi.

Mamlakat prezidenti Fransua Olland va uning tarafdorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan qonun loyihasi mamlakat ahli orasida katta bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.
So‘nggi bir necha oy mobaynida Fransiyada bu tashabbus tarafdorlari va unga qarshi bo‘lgan fuqarolarning ko‘p ming kishilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan.

Qonun qabul qilinsa Franisya bir jinsli nikohlarni to'lig'icha legallashtirgan oltinchi Yevropa mamlakatiga aylanadi.
XS
SM
MD
LG