Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:05

Bostonda kuchli portlashlar ro'y berdi


AQShning Boston shahrida o‘tayotgan mashhur marafonning finish chizig‘i oldida birin-ketin ikkita kuchli portlash ro‘y berdi.

Politsiyaning ma‘lum qilishicha, dushanbaning ikkinchi yarmida ro‘y bergan portlashlar “kuchli” moslamalar yordamida amalga oshirilgan.

Hodisada halok bo‘lganlar soni 3 kishiga yetdi. 100dan ortiq odam jarohatlangan. Jabr ko‘rganlar orasida bolalar ham bor.

Portlashlar Amerikadagi eng mashxur marafon o‘tkazilayotgan paytda, tomoshabinlar turgan joyda bir-biridan bir necha soniya farq bilan ro‘y berdi.

Bostonning joriy yilgi marafonida 25 mingdan ortiq odam ishtirok etgan va uni tomosha qilgani minglab odam yig‘ilgan.

Ayni damda Bostonda havo qatnovlari vaqtincha to‘xtatilgan. Shaharda mobil aloqa ham o‘chirilgani aytilmoqda.

Prezident Barak Obama AQSh hukumati portlashlarga mas‘ul kuchlarni topishiga va ularni javobgarlikka tortishiga va‘da berdi.

Obama voqeani terrorizm deya atamadi va tekshirish ishlari davom etayotganini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG