Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:51

Carlsberg zavodi O‘zbekistondagi faoliyatini qayta tikladi


Carlsberg Group shirkatiga tegishli bo‘lgan Carlsberg O‘zbekiston sho‘‘ba korxonasi o‘z mahsulotini ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda RIA Novosti agentligiga 18 aprel kuni shirkatga yaqin bo‘lgan manba xabar bergan.

Pivo ishlab chiqaruvchi Carlsberg O‘zbekiston shirkati 2012 yilning mart oyida o‘z faoliyatini to‘xtatgan va ishchilarining asosiy qismini haq to‘lanmaydigan mehnat ta‘tiliga chiqargan edi. Bunga tekshiruv natijasida bir qator moliyaviy va soliq to‘loviga oid qonunbuzarliklar aniqlangani sabab bo‘lgan edi.

Carlsberg O‘zbekiston zavodining qayta ishga tushirilgani to‘g‘risidagi ma‘lumotni hozircha shirkat rasmiylaridan tasdiqlatishning imkoni bo‘lgani yo‘q.

2007 yilda ishga tushirilgan pivo zavodining ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 million gekalitrni tashkil qiladi. Shu kungacha Carlsberg Group zavodga 100 million dollar sarmoya yotqizgan.
XS
SM
MD
LG