Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:06

Ser Aleks Fergyuson murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi


Futbol dunyosida ko'plarga tanish ser Aleks Fergyuson joriy mavsum tugashi bilan "Manchester Yunayted" futbol klubi bosh murabbiyligidan ketadi.

71 yoshli Fergyuson murabbiylik faoliyatini 19 may kuni, 20-chi bor Angliya chempioniga aylangan "qizil iblislar"ning "Vest Bromvich Albion" jamoasiga qarshi o'yinidan so'ng rasman tugatadi, deyiladi "MYu" veb-sahifasida.

Ser Aleks Fergyusson "Manchester Yunayted" jamoasi bilan so'nggi 20 yil mobaynida ishlab kelgan. Bu davr ichida taniqli murabbiy 12 marta Angliya chempionatida va 2 marta Chempionlar ligasida g'olib bo'lgan.

Angliya futboli ravnaqiga qo'shgan hissasi uchun Fergyusonga 1999 yilda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II tarafidan ritsarlik unvoni berilgan.

Taniqli murabbiy qo'l ostida qator futbol yulduzlari, hususan, Erik Kantona, Devid Bekhem, Krishtianu Ronaldu, Ueyn Runi, Rayan Gigz va Robin van Persilar faoliyat yuritishgan va yuritishmoqda.

Xabarlarga ko'ra, bosh murabbiylik lavozimini topshirishiga qaramay ser Aleks Fergyuson "Manchester Yunayted"ning boshqaruv lavozimlarida qoladi.

19 may kuni "Vest Bromvich Albion" klubiga qarshi o'tadigan o'yin esa Fergyuson uchun murabbiylik faoliyatidagi so'nggi va "MYu" dagi 1500-uchrashuvi bo'ladi.

Angliyaning eng mashhur va muvaffaqiyatli murabbiyidan so‘ng “Manchester Yunayted”ga kim murabbiylik qilishi hozircha noma‘lum. Biroq Angliyaning qator OAVlari "qizil iblislar" yangi mavsumni "Everton" klubi bosh murabbiyi Devid Moyes yoki "Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo yetakchiligida boshlashini tahmin qilmoqda.
XS
SM
MD
LG