Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:09

BMT qirg‘iz hukumatini O‘sh qirg‘ini sabablarini bartaraf etishga chaqirdi


Ivan Simonovich BMT Bosh kotibining inson huquqlari bo‘yicha yordamchisi sifatida Markaziy Osiyoga ilk marta safar qilmoqda.
Ivan Simonovich BMT Bosh kotibining inson huquqlari bo‘yicha yordamchisi sifatida Markaziy Osiyoga ilk marta safar qilmoqda.

BMTning 23 may kuni kechqurun yoyinlangan bayonotida aytilishicha, buning uchun rasmiy Bishkek mamlakatda inson huquqlari xalqaro standartlariga amal qilinishini ta‘minlashi zarur.

BMT Bosh kotibining inson huquqlari bo‘yicha yordamchisi Ivan Simonovich Markaziy Osiyo safari doirasida 24 may kuni Turkmaniston poytaxti Ashxabodga keldi. Uning Ashxaboddagi kun tartibi e‘lon qilingani yo‘q. Bungacha Simonovich Bishkek va Dushanbega borgan va rasmiylar bilan uchrashuvlar o‘tkazgan.

BMTning 23 may kuni yoinlangan bayonotida tashkilot Bosh kotibining inson huquqlari bo‘yicha yordamchisi Ivan Simonovich joriy hafta boshida Bishkek rasmiylari bilan uchrashgani va Qirg‘izistondagi potentsial nobarqarorlikning negizgi sabablarini bartaraf etilishi etnik mansublikdan qat‘iy nazar inson huquqlari hurmat qilinishiga bog‘liq ekanini ta‘kidlagani aytiladi.

“Men bu harakatlar aybdorlarning etnik mansubligidan qat‘iy nazar inson huquqlarini to‘la hurmat qilish, adolat va mas‘uliyat bilan olib borilishi kerakligini ta‘kidladim”, deb iqtibos keltiriladi Simonovich so‘zlaridan bayonotda.

Shuningdek, Simonovich, O‘sh qirg‘inida ayblanib sudlanganlarning adolatli sudlov huquqi buzilgani haqida ham gapirgan.O‘sh qirg‘inida turli jinoyatlarni sodir etib qamalganlarning qariyib 80 foizi esa etnik o‘zbeklardir.

23 may kuni Amnesty International xalqaro tashkiloti e‘lon qilgan yillik hisobotda ham Qirg‘iziston hukumati O‘sh qirg‘inini adolatli va natijali tergov qila olmagani tanqid qilingan edi.

Tashkilotning bildirishicha, O‘sh qirg‘ini da ayblanib qo‘lga olinganlarni tergov qilish jarayonida qiynoqlar qo‘llanilgani to‘g‘risidagi arizalar oqimi haligacha to‘xtagani yo‘q. Ammo shunga qaramay, Qirg‘iziston prokuraturasi qiynoqlarga solinganlik to‘g‘risidagi arizalarni xolis va adolatli tarzda o‘rganmagani, aybdorlarni jazolamagani aytiladi. Hisobotda o‘zbek sudlanuvchilarning advokatlari kaltaklangani, ularga bosim ko‘rsatilgani ta‘kidlanadi.

Amnesty International tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo dasturlari direktori David Diaz-Jojeks 23 may kuni Ozodlikka bergan suhbatida Qirg‘iziston hukumatini 2010 yilgi etnik mojarodan keyin mamlakatda milliy diskriminatsiyaga yo‘l ochib berganlikda ayblagandi.

- Bizdagi xabarlarga ko‘ra, etnik o‘zbeklar hamon 2010 yil iyun oyidagi voqealarga aloqadorlikda ayblanib hibsga olinayotgan va ta‘qib qilinayotgan asosiy guruh bo‘lib qolmoqda,- degan edi Amnesty International tashkiloti rasmiysi.

Qirg‘iziston rasmiylari xalqaro tashkilotlarning bu kabi tanqidlariga javoban O‘sh qirg‘ini adolatli tarzda tergov qilingani,tergov jarayonida qiynoqlar qo‘llanilmaganini aytib, qirg‘in kunlari sodir etilgan jinoyatlarda asosan o‘zbeklar ayblanib, nomutanosib ravishda jinoiy jazoga tortilgani haqidagi tanqidlarni asossiz iddao sifatida baholaydi.

Qirg‘iziston prezidentining rasmiy saytidagi ma‘lumotlarga qaraganda, 2010 yilning 10 iyunida boshlanib bir necha kun davom etgan O‘sh qirg‘inida 442 odam halok bo‘lgan. Ularning 70 foizi etnik o‘zbeklardir. Ayni paytda O‘sh qirg‘inida ayblanib qamalgan 545 kishining 400 nafari o‘zbek, 133 nafari esa qirg‘iz millatiga mansub odamlardir.
XS
SM
MD
LG