Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:08

Samsung: 10 million dona Galaxy S4 smartfoni yetkazildi


Galaxy S3 smartfoni 50 kun ichida 10 million donada sotilgan edi.
Galaxy S3 smartfoni 50 kun ichida 10 million donada sotilgan edi.
Janubiy Koreyaning Samsung shirkati bir oy oldin sotuvga chiqqan Galaxy S4 smartfonini diler shirkatlarga 10 million donada yetkazib berdi.

Bu haqda shirkat o'zining rasmiy blogida e'lon qildi.

Ma'lumotga ko'ra, yangi apparant o'rtacha bir daqiqada to'rt donadan sotilmoqda. Bu esa Galaxy S toifasidagi smartfonlar uchun yangi rekorddir.

Solishtiradigan bo'lsak, Galaxy S3 smartfoni 50 kun ichida 10 million donada sotilgan edi.

Galaxy S2 apparatining 10 million donasini sotish uchun 7 oy vaqt ketgan.

Samsung blogida yozilishicha, gap foydalanuvchi mijozlar qo'liga borib tushgan apparatlar haqida emas, balki shirkat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi dilerlarga yetkazib berilgan Galaxy S4 smartfonlari haqida bormoqda.

Bugungi nechta Galaxy S4 foydalanuvchi mijozlarga sotilgani haqida aniq ma'lumot yo'q.

Samsung shirkatining yangi smartfoni 15 mart kuni e'lon qilingan edi.

Hususiyatlari bilan eski avlodlaridan ancha sifatliroq bo'lgan yangi smartfon O'zbekistonda rasman 10 maydan boshlab sotila boshladi.

Uning Toshkent bozoridagi narxi 20 milliondan 25 million so'mgacha ekani aytilmoqda.


Galaxy S4 nimasi bilan farqlanadi?


Samsung Galaxy S4 telefoni displeyi diagonal bo‘yicha besh dyuym, ya‘ni 12,7 santimetr bo‘lib, salfi Samsung Galaxy S3dagi 12,1 santimetrdan biroz kattaroqdir. Yangi telefon funktsiyalarini qo‘l tekizmasdan odam nigohi yoki apparatni qimirlatish orqali boshqarish mumkinligi bilan S3dan farq qiladi.

Samsung Galaxy S4 telefoni ekrani ustiga o‘rnatilgan kamera yordamida odam ko‘zining harakatini kuzata oladi, masalan, foydalanuvchi video ko‘rayotgan paytda, nigohini ekrnadan olsa, video tasvir to‘xtab qoladi. Darvoqe, yangi telefonga 13 megapiksellik kamera o‘rnatilgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha unga teng keladigani yo‘q.

Smartfon 1,9 GHz quad-core protsessorida ishlashi bilan ham mobil telfonlar bozrorida yetakchi pozitsiyani egallamoqda.

Samsung Galaxy S4 telefoniga o‘rnatilgan S Translator funktsiyasi 9 tildagi SMS, imeyl yoki ovozli maktublarni tarjima qilib berishi mumkin. Mazkur funktsiya hozircha o‘zbek tilini o‘z ichiga olmaydi. S Translator funktsiyasini so‘zlashgich yoki tarjimon sifatida ishlatish mumkin. Masalan, foydalanuvchi ingliz tilida, ovoz chiqarib aytgan gapni nemis yoki xitoy tiliga tarjima qilib beradi.

Bundan tashqari Samsung Galaxy S4 telefoni egasi o‘z sog‘lig‘ini ham kuzatib turishi mumkin. Telefon apparatiga qo‘shimcha sotib olinadigan moslama yordamida turli odam organizmiga doir turli ma‘lumotlar ekranga chiqariladi.

Samsung Galaxy S4 telefoniga Full HD Super AMOLED, ya‘ni 1080r displeyi o‘rnatilgan. 1 dyuym maydondagi piksellar zichligi 441ni tashkil qiladi.

Yangi telefon Android 4.2.2 Jelly Bean dasturida ishlaydi.
XS
SM
MD
LG