Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:20

O'zbekistonga qo'shni davlatlarda kiber-josuslik qilgan online tarmoq fosh etildi


Antivirus dasturlar ishlab chiqaruvchi "Kasperskiy laboratoriyasi" dunyoning turli burchagidagi 40 davlatda kiber-josuslik qilib kelgan xalqaro elektron tarmoqni fosh etdi.

"NetTraveler" nomi berilgan josus tarmoq 350 dan oshiq kompyuter tizimlarini nishonga olgan. Ular orasida asosan davlat idoralari, xuxusiy korxonalar, diplomatik tashkilotlar va olmiy-tadqiqot korxonalari tizimlari bor.

Tarmoq 2004 yili yaratilgan bo'lsa-da, harkarlar undan 2010-2013 yillar oralig'ida faol foydalanishga. Eng ko'p jabr ko'rgan mamlakat deb Mongoliya aytilmoqda. Rossiya va Hindiston mos ravishda ikkinchi uchin o'rinda.

Hakerlar O'zbekistonga qo'shni Qozog'iston, Qir'g'iziston va Tojikistondagi kompyuter tizimlarini ham nishonga olgan. "Kasperskiy laboratoriyasi" hisobotida O'zbekiston haqida aytilmagan.

"NetTraveler" kiber-josuslik tarmog'i orqali jami 22 gigabaytlik ma'lumot o'g'irlangani aytilmoqda.

Hakerlar kompyuter tizimlariga elektron pochtalarda yuborilgan zararli Microsoft Office fayllari orqali o'rnashishgan.

Joriy yilning yanvar oyida "Kasperskiy laboratoriyasi" bir qancha terrabayt ma'lumot o'g'irlagan "Red October" (Qizil oktabr) nomli kiber-josuslik tarmog'ini fosh etgan edi.
XS
SM
MD
LG