Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:24

“O‘zdunrobita” mulki savdoga qo‘yildi


1 iyul kuni MTSning yuz foizlik sho‘‘ba korxonasi bo‘lgan “O‘zdunrobita” mulki kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Kimoshdi savdosi bugun mahalliy vaqt bilan soat 11.00 da Toshkentdagi Ko’chmas mulk savdo xizmati MChJ binosida o‘tkazilishi kutilmoqda.

Mulkning boshlang‘ich narxi 600 milliard so‘m qilib belgilangan.

O‘zbekistonda yetakchi uyali aloqa operatori sanalmish “O‘zdunrobita”ning 10 millionga yaqin mijozi bor edi.

O‘zbekiston rasmiylari 2012 yilning iyunida “O‘zdunrobita”ni qator iqtisodiy jinoyatlarda ayblab, litsenziyasini qaytarib olgan hamda shirkatga qarshi 1 milliard dollardan ziyod moddiy zarar keltirganlik ayblovini qo‘ygandi.

O‘z navbatida, MTS o‘zbek rasmiylarining bu e‘tirozlari asossizligini ta‘kidlamoqda.

Shirkat mutasaddilariga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati qonunga xilof tarzda “O‘zdunrobita”ning litsenziyasi va mulkini tortib olib, uning faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan hamda jarima sanktsiyalarini qo‘llagan. MTS bu borada xalqaro arbitrajga arzlangan.
XS
SM
MD
LG