Линклар

AIMAG 2013: O‘zbekistonlik kibersportchi oltin medalni qo‘lga kiritdi


O‘zbekistonlik 23 yoshli kibersportchi Pavel Saprikin AIMAG 2013 Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasining ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Futbol simulyatori “FIFA 13” kompyuter o‘yini bo‘yicha bellashgan Saprikin 2 iyul kuni o‘tgan final uchrshuvida xitoylik 30 yoshli kibersportchi Chen Veyni mag‘lub etdi.

Uch o‘yin davom etgan bellashuvda o‘zbekistonlik kibersportchi umumiy hisobda 2:1 natijasi bilan g‘olib bo‘ldi.

1 iyun kuni boshqa o‘zbekistonlik kibersportchi Sardorberk Abdullayev “Need For Speed: Unleashed" avtosimulyatori bo‘yicha kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

AIMAG 2013 Osiyo o‘yinlari Osiyo Olimpiya qo‘mitasi raxnamoligida 29 iyundan 6 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.
XS
SM
MD
LG