Human Rights Watch tashkiloti amerikalik taniqli estrada yulduzi Jenifer Lopesni Turkmaniston prezidentiga kuylagani uchun olgan pullarni ushbu mamlakat rejimi qurbonlariga ehson qilishga chaqirdi.
Lopes 29 iyun kuni Turkmanboshi shahrida prezident Qurbonquli Berdimuhamedov tug‘ilgan kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda kuylagan edi.
Amerikalik yulduzning Turkmanistonga safarini China National Petroleum Corporation shirkati uyushtirgan.
Dunyo bo‘ylab qator inson huquqlari tashkilotlari Jenifer Lopesni qattiqqo‘l rejim rahbari oldida kuylaganini keskin tanqidga olishdi.
Lopes vakillari amerikalik pop yulduz Turkmanistonda inson huquqlari toptalishiga doir muammodan xabardor bo‘lmagani haqida bayonot berishdi.
- Jenifer Lopes ushbu aybini yumshatish uchun olgan pullarini hayriya yo‘lida sarflashi mumkin, - dedi Human Rights Watch tashkiloti rahbari o‘rinbosari Kerroll Bogert.