Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:42

Aksar mamlakatlarda Ramazon oyi boshlandi


Dunyodagi musulmonlar yashaydigan ko‘plab mamlakatlarda 8 iyul oqshomidan muqaddas Ramazon oyi boshlandi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘lmish Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonda ham musulmonlar bugundan ro‘za tutishni boshladilar.

O‘zbekistonda esa, Musulmonlar idorasi qarori bilan, 10 iyul Ramazon oyining birinchi kuni o‘laroq belgilangan.

Islomiy hukmlarga muvofiq, Ramazon oyi 29 yoki 30 kun bo‘lishi mumkin.

Ro‘za paytida musulmonlarga kunduzi yeyish-ichishdan, shuningdek, o‘rinsiz har qanday noma‘qulchilikdan tiyilish, ko‘proq ibodat bilan mashg‘ul bo‘lish buyurilgan.

Markaziy Osiyo respublikalarida hozirgi paytda kun uzunligi taqriban 17 soatni tashkil etmoqda.
XS
SM
MD
LG