Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:10

Huquq faoli Bobomurod Razzoqov odam savdosida ayblandi


Bobomurod Razzoqov.
Bobomurod Razzoqov.
Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati Buxoro viloyati bo‘limi raisi, 60 yashar fermer Bobomurod Razzoqov Buxoro viloyati IIB tomonidan odam savdosida ayblanib, 10 iyul kuni hibsga olindi.

Fuqaro Gulshan Karimovaning arizasi asosida huquq himoyachisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi (Odam savdosi, ya‘ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish) bilan ish qo‘zg‘atilib, tergov haraktlari olib borilmoqda.

Bu haqda “Ezgulik” jamiyatining bugun tarqatilgan press-relizida bayon etildi.

Buxoro viloyati IIB odam savdosiga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Nuriddin Shomurodov tomonidan olib borilayotgan jinoyat ishi tafsilotlariga ko‘ra, huquq faoli go‘yo muayayn shaxslarning noqonuniy ravishda Rossiyaga jo‘natilishiga aralashgan.

Tergovchi Nuriddin Shomurodov Abdurahmon Tashanov bilan suhbatda hibsdagi Bobomurod Razzoqovning surishtiruv va tergov davrida himoyalanish huquqi to‘la ta‘minlanishini ta‘kidladi.

“Ezgulik” jamiyati bayonotida esa odam savdosidek qaltis ayblov Bobomurod Razzoqovning kasbiy faoliyati va siyosiy qarashlari evaziga uyushtirilgan provokatsiya ekani ta‘kidlandi.

"Ezgulik" jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:42 0:00
Бевосита линк


Bunga qadar shu yilning 6 iyunida “Ezgulik” jamiyati Bobomurod Razzoqovning Jondor tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan so‘nggi bir oy davomida bir necha marta noqonuniy ravishda Buxoro viloyati IIBga olib ketilganini xabar qilgan edi.
XS
SM
MD
LG