Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:22

Snouden Microsoft va AQSh maxfiy xizmatlari o'rtasidagi hamkorlikka oid ma'lumotlarni ochiqladi


Edvard Snouden
Edvard Snouden
Microsoft shirkati o'zining Outlook, SkyDrive va Skype xizmatlari foydanaluvchilariga doir ma'lumotlarni AQSh xavfsizlik xizmatilariga berib kelgan.

Bu haqda 11 iyul kuni Britaniyaning The Guardian nashri AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq xodimi Edvard Snouden sizdirgan yangi maxfiy ma'lumotlarga asoslanib xabar berdi.

Britaniya nashriga ko'ra, sizdirilgan hujjatlarda Microsoft shirkati so'nggi uch yil davomida AQSh milliy xavfsizlik agentligi bilan hamkorlik qilib kelgan.

Hamkorlik doirasida milliarder Bill Geyts asos solgan shirkat Amerika maxfiy xizmatlariga Outlook elektron pochta xizmatidagi yozishmalar, SkyDrive tizimida saqlanuvchi fayllar va Skype dasturi foydalanuvchilriga tegishli chat, audio va video qo'ng'iroqlardan foydalanish huquqini berib kelgan.

Microsoft shirkati foydalanuvchilar tegishli ma'lumotlar maxfiy xizmatlarga faqat tegishli sud qaroridan so'ng taqdim etilishi va bu shirkat yuristlari nazorati ostida ekanini bildirdi.

Eslatamiz, iyun oyida Microsoft shirkati 2012 yilning ikkinchi yarmida AQShdagi politsiya va maxsus xizmatlardan 30 mingdan ziyod akkaunt haqida ma‘lumot so‘ralgan 6-7 mingta so‘rovnoma olganini bildirgan edi.

O'shanda gap yo'qolgan bolalar yoki qidiruvda bo'lgan jinoyatchilar, terrorchilik xavfi bor shaxslar haqida borgani aytilgan edi.

29 yoshli amerikalik Ervard Snouden AQSh maxfiy xizmatlari Facebook, Google, Yahoo, Apple va Microsoft kabi yirik Internet shirkatlar serverlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish va foydalanuvchilar akkauntlari haqida ma‘lumot olish salohiyatiga egaligini iddao qilgan.
Snoudenga ko‘ra, AQSh maxfiy xizmatlari har bir amerikalikni kuzatishga qaratilgan josuslik mashinasini yaratayotgani bois bu ishga qo‘l urgan.

Rossiya ommaviy axborot vositalari 23 iyun kuni Hongkongdan Moskvaga uchib kelgan Edvard Snoudenning hali ham “Sheremet‘evo” aeroporti tranzit hududida qolayotganini bildirmoqda.

O'tgan haftada Venesuella, Nikaragua, Boliviya va Kuba rahbariyati Snoudenga boshpana berishga tayyorligi haqida bayonotlar qilgandi.

Bir qancha ayblov yuklatilayotgan Snouden, agar Qo‘shma Shtatlarga qaytgudek bo‘lsa, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
XS
SM
MD
LG