Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:45

O'zbekiston FIFA reytingida bir pog'ona pastladi


O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Viktor Karpenko avstraliyalik hujumchi Tim Kahil bilan to'p uchun kurashmoqda. Osiyo kubogi, Qatar, 25 yanvar 2011 yil.
O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Viktor Karpenko avstraliyalik hujumchi Tim Kahil bilan to'p uchun kurashmoqda. Osiyo kubogi, Qatar, 25 yanvar 2011 yil.
Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi - FIFA e‘lon qilgan milliy terma jamoalarning avgust oygi jahon reytingida O‘zbekiston o‘tgan oygiga nisbatan bir po'gonaga pastlab, 59-o‘rnni egalladi.

Osiyo mamlakatlari reytingida esa O‘zbekiston hamon beshinchi o‘rinni egallab bormoqda.

Qit‘ada peshqadamlikni mahkam ushlab kelayotgan Yaponiya bu safar ham Osiyoning birinchisi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Avstraliya, uchinchi o‘rinni esa Janubiy Koreya, to'rtinchi o'rinni Eron egallagan.

FIFAning jahon reytingi birinchi uchtaligida o'zgarish bo'lgani yo'q. Ular - Ispaniya, Germaniya va Kolumbiya.

O‘zbekistonning FIFA reytinggida egallagan eng yuqori pog‘onasi 2006 yil noyabr oyiga to‘g‘ri keladi. Unda terma jamoamiz jahon reytingida 45-o‘rinni olgan edi.

FIFA reytingi har oyda yangilanib turiladi.

Eslatamiz, O'zbekiston terma jamoasi JCh-2014 saralash o'yinlarining so'nggi guruh bosqichida "A" guruhida uchinchi o'rinni egallagab, pley-off bahslariga chiqqan edi.

O‘zbekistonlik futbolchilar pley-offda "B" guruhida 3 o‘rinni qo‘lga kiritgan Iordaniya terma jamoasi bilan bellashadi.

Osiyo pley-off o‘yinlari 6 va 10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili tashlangan qur‘aga ko‘ra, dastlabki o‘yin "B" guruhi vakili maydonida bo‘lib o‘tadi.

Agar O‘zbekiston terma jamoasi pley-offda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib chiqsa, u holda Janubiy Amerika saralash guruhida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan o‘yin o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Janubiy amerikalik jamoaga qarshi bahslar 15 va 19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yin Osiyo qit‘asida bo‘lsa, javob o‘yini Janubiy Amerikada o‘tkaziladi.

Agar, u o‘yinda ham g‘alaba qozonsa, u holda O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin.
XS
SM
MD
LG