Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:32

Apple yangi iPhone modelini 10 sentabr kuni e'lon qiladi


iPhone 5 smartfonining taqdimot marosimida. 12 sentabr 2012 yil. San Fransisko, Kaliforniya.
iPhone 5 smartfonining taqdimot marosimida. 12 sentabr 2012 yil. San Fransisko, Kaliforniya.
Apple shirkati iPhone smartfonining yangi modelini (yoki modellarini) 10 sentabr kuni e'lon qiladi. Bu haqda AllThingsD.com nashri xabar bermoqda.

Har yili sentabr oyida yangi iPhone modelini taqdim qiladigan Apple'dan bu safar qanday yangiliklarni kutish mumkin?

Kuzatuvchilarga ko'ra, ayni damda iPhone atrofida taxmin va bahslarga sabab bo'layotgan eng katta mavzu bu "tishlangan olma" shirkatining arzonlashtirilgan smartfon modelini sotuvga chiqarishi haqidagi mish-mishlardir.

Apple shirkati bu ma'lumotni rasman tasdiqlamagan bo'lsa-da, qator texnobloglar va forumlar iPhone'ga aksessuarlar ishlab chiqaruvchi shirkatlarga asoslanib bu mish-mishlarga asos bor ekanini ta'kidlashmoqda.

Mashable nashrining xabar berishicha, arzonlashtirilgan smartfon iPhone 5C nomi bilan sotuvga chiqadi va narxi 200 AQSh dollari atrofida bo'lishi mumkin. "Arzon emas" smartfon esa iPhone 5S deb nomlanib, uning narxi an'anaviy tarzda 600 dollardan boshlanishi aytilmoqda.

Nashrga ko'ra, arzonlashtirilgan iPhone asosan plastik va boshqa qimmat bo'lmagan materiallardan tayyorlanadi.

Mahsulotlarining ekslyuzivligiga urg'u berib, narxini baland ushlab turadigan Apple shirkatining arzon smartfonlar ishlab chiqarishga rivojlanayotdan, biroq potensiali yuqori bo'lgan davlatlar bozoridagi raqobat majburladi, deydi AllThingsD.com nashri.

Nisbatan arzon va Android tizimida ishlovchi Samsung smartfonlariga, ayniqsa Galaxy modellariga, rivojlanayotgan davlatlardagi qimmat narxni ko'tara olmaydigan iste'molchilar orasida talab kattadir.

Aziz mushtariy, sizningcha, Apple shirkatining arzonlashtirilgan iPhone modeli O'zbekiston bozorida Samsung smartfonlari bilan raqobat qila oladimi?
XS
SM
MD
LG