Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:59

Farg‘onaliklardan paxta paytida to‘y qilmaslik bo‘yicha tilxat olinmoqda


Paxta terim mavsumi farg‘onaliklarning to‘yu ma‘raka tadbirlariga g‘ov bo‘ladigan bo‘ldi.
Paxta terim mavsumi farg‘onaliklarning to‘yu ma‘raka tadbirlariga g‘ov bo‘ladigan bo‘ldi.
Farg‘ona viloyatining 15 tumanidagi 2 milliondan ortiq aholiga o‘z to‘ylarini mustaqillik bayramigacha qolgan 20 kunda o‘tkazish “tavsiya” qilindi. Bu “tavsiya”dan keyin mahalla oqsoqollari aholidan “paxta mavsumida to‘y qilmayman” degan tilxatlar ham ola boshladi.

Farg‘onaning Qo‘qon shahri yaqinidagi qishloqlardan birida ulg‘aygan 27 yashar Abdubosit Rossiyada besh yil mardikorlik qilib o‘z to‘yiga pul yig‘di.

To‘y kuni sentyabrga belgilangach¸ Abdubosit Rossiyadan qaytish chiptasini oldi. Ammo O‘zbekistondagi yaqinlari Abdubositga telefon qilib, to‘y kuni 25 avgustga o‘zgarganini aytishdi. Mahalla oqsoqollari kelib, to‘yni faqat 1 sentyabrgacha o‘tkazasan, deb Abdubositning yaqinlaridan tilxat olib ketishgan.

Bu asnoda Abdubosit yangi chipta olishga majbur bo‘lganini Ozodlikka tashvish bilan gapirdi:

- Biletim qaytarilmaydigan xilidan ekan. Kuyib qoldi. Yangi bilet oldim. To‘yni bemalol 21 sentyabr shanbaga belgilattirgan edim. Bu yerdagi ishlarimni ham shunga qadar tugatmoqchi edim. Mahalla oqsoqoli bilan tuman hokimiyatidan kimdir kelib, to‘yni 1 sentyabrgacha qilaman¸ paxta mavsumida to‘y qilmayman, deb tilxat olib ketibdi. Na chora ertaroq uylanamizda endi¸- deydi suhbatdosh.

To‘y kunining o‘zgarishi Abdubositga qimmatga tushdi. Aviachiptani yangilash xarajatidan tashqari Abdubosit o‘zi olib qo‘ygan uy ta‘miri bo‘yicha buyurtmani bajarolmay qolgani bois puldan benasib bo‘ldi.

Ozodlik bilan suhbatlashgan Abdubosit bilan birga Rossiyada ishlaydigan farg‘onalik mehnat muxojirlari bir oz pul yig‘ib to‘ëna qilib berishgani aytishdi:

- Bizda ro‘za paytida to‘y qilishmaydi. Ko‘pchilik shu sentyabr oyini to‘yga mo‘ljal qiladi. Chunki meva-cheva arzon bo‘lgan payt. Ammo bu yil paxta terimini erta boshlaymiz deb to‘ylarni 1 sentyabga qadar o‘tkazinglar deb aytishibdi. To‘ylar hayit va 1 sentyabr orasidagi 20 kunga tiqilib qoldi. Ko‘pchilik shanba kuni o‘tkazsam deydi¸ ammo 20 kun ichidagi shanba talash bo‘lib ëtibdi. Buni qiyinchiligi ham bizga tushdi,- deydi Abdubosit bilan Rossiyada mehnat qilaëtgan suhbatdosh.

Bu ma‘lumotlarni o‘rganish jaraënida Ozodlik muxbirlari Farg‘onaning Furqat¸ Qirguli kabi tumanlaridagi mahalla oqsoqollari uyma-uy yurib, paxta paytida to‘y qilmaslik borasida “tushuntirish” o‘tkazaëtgani borasida ma‘lumot oldi.

To‘ylarni cheklash bo‘yicha bunday “targ‘ibot” ishlarining Farg‘ona¸ Qo‘qon va Marg‘ilon shaharlaridan boshqa barcha tumanlarida olib borilmoqda, dedi ismi aytilmasligi istagan farg‘onalik Ozodlik tinglovchisi biz bilan suhbatda.

Mavzuni o‘rganish mobaynida Farg‘ona viloyat hokimligida 2013 yil paxta mavsumini o‘tkazish bo‘yicha maxsus gurux ish olib boraëtgani haqida ma‘lumotga ega bo‘ldik.

Farg‘ona viloyat xokimligidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ paxta mavsumida to‘y qilmaslik borasida aholidan tilxat olish borasida tumanlardagi mahalla oqsoqollariga tavsiya berish tashabbusi ham viloyat hokimligi qishloq xo‘jalik bo‘limidan chiqqan.

Manbaga ko‘ra¸ qishloq xo‘jalik bo‘limidagi Elmurod ismli va Niëzov Xolmirza degan ikki mulozim paxta mavsumida to‘ylarni cheklash masalasiga ma‘sul qilib qo‘yilgan.

Hokimlikdagi manbaning aytishicha, Farg‘ona viloyati hokimligida tumanlarga “tavsiyalar” yuborilmoqda.

Bunday tavsiyalardan biri to‘ylarni cheklash bo‘lsa, yana biri bolalar Namangan-Farg‘ona, Qo‘qon-Toshkent, Farg‘ona-Andijon avtomobilь yo‘llariga yondoshgan dalalarga olib chiqilmasin¸ degan mazmunda.

Yo‘ldan o‘tayotganlarning ko‘ziga maktab o‘quvchilari ko‘rinmasligi uchun bunday tavsiyalar berilaëtgani Ozodlikka ma‘lum qilindi.

So‘nggi to‘rt yil mobaynida Farg‘onada paxta terim mavsumi 20 noyabrgacha cho‘zilgani kuzatildi.

O‘zbekistonning barcha dalalarida shu paytgacha kuzatilgan “hosil uchun kurash” ma‘rakasida Farg‘ona viloyatidan har yili byudjet tashkilotlarining xodimlari ham jalb etiladi.

Ayni kunlarda “Barcha viloyatdagi davlat muassasalari uchun xodimlarni paxta terimiga jalb qilish rejalari ishlab chiqilgan”,- deydi Farg‘ona viloyati hokimligidagi Ozodlik manbasi.
XS
SM
MD
LG