Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:21

"Salim Abduvaliyev o‘z yurtini sevgani bois Toshkentga qaytdi"


O‘zbekistonda “kriminal avtoritet” sifatida tanilgan Salim Abduvaliyev Toshkentga qaytgani aytildi. Moskvada istiqomat qiluvchi tadbirkor Olimjon To‘xtaoxunovning Ozodlika aytishicha Salim Abduvaliyev toshkentga qaytgan. O‘tgan hafta O‘zbekistondagi Ozodlik manbasi 63 yashar taniqli tadbirkor mamlakatni tark etib, Italiyaga borganini xabar qilgan edi. O‘zbekistonliklar orasida "Salimboy" deya tanilgan tadbirkor mamlakat huquq-tartibot idoralari tarafidan MTS ishi bilan bog‘liq tergov doirasida so‘roq qilingani aytiladi.

Bundan oldin Salim Abduvaliyev Italiyadan Britaniya poytaxti Londonga o‘tgani haqida Uzmetronom.com nashri o‘z manbalariga tayanib xabar qildi. Ozodlik bu xabarni boshqa manbadan tasdiqlatishga muvaffaq bo‘lganicha yo‘q.

O‘tgan hafta Ozodlik manbasi Salim Abduvaliyev mamlakatni tark etganini ma‘lum qilgan edi.

Moskvada istiqomat qiluvchi tadbirkor Olimjon To‘xtaoxunovning Ozodlikka aytishicha, Salim Abduvaliyev Toshkentga qaytgan:

- Salim Abduvaliyev Toshkentga qaytdi. Chunki u o‘z vatanini sevadi. O‘z vatanida uning hech qanday muammosi yo‘q. U o‘z vataniga yordam berishni istaydi¸ deb ta‘kidladi Olimjon To‘xtaoxunov.

Bundan oldin Ozodlik manbasining aytishicha, 63 yashar tadbirkor O‘zbekiston tomonidan moliyaviy firibgarliklarda ayblanib xalqaro qidiruvga berilgan “MTS–O‘zbekiston” uyali aloqa shirkatining sobiq bosh direktori Behzod Ahmedovning mamlakatdan chiqib ketishida ko‘maklashganlikda gumon qilinib, huquq-tartibot idoralar tomonidan so‘roq-savolga tutilavergani bois, Italiyaga ketib qolgan.

Ozodlik manbasi uning shu kunlarda Italiyada ekanligini aytgan uning Italiyadagi telefon raqamini ham bergan edi.

Ozodlik muxbiri Italiyaga doir bu raqamga qo‘ng‘iroq qilganida go‘shakni o‘zini Salim Abduvaliyevning tansoqchisiman deb tanishtirgan, o‘zbek tilida gaplashgan shaxs ko‘tardi.

Suhbatdosh Salim Abduvaliyevning Italiyada ekanini tasdiqladi.

"U kishini telefonga chaqirib bera olmaysizmi" deganimizda tansoqchi¸ Salim Abduvaliyevning ayni damda magazin aylanayotgani bois telefonga kela olmasligini bildirdi.


“MTS–O‘zbekiston” ishida Abduvaliyevning aloqasi bo‘yicha iddaolar


“MTS–O‘zbekiston” ishi bo‘yicha Salim Abduvaliyev so‘roq qilinayotgani borasidagi ilk iddao o‘tgan yili O‘zbekiston Xalq Harakati nashrida e‘lon qilingan edi.

Bu nashrda chop qilingan ma‘lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Salim Abduvaliyev qiyofasida “MTS–O‘zbekiston” ishiga bog‘liq iqtisodiy qallobliklarda “aybdor” bo‘lgan yana bir shaxsni “topgan”.

Chop qilingan ma‘lumotda Salim Abduvaliyev Bosh prokuratura va MXX (Milliy Xavfsizlik Xizmati) tergovchilari tarafidan navbatma-navbat so‘roq qilingani iddao qilinadi.

Oradan bir yil o‘tib bu ma‘lumotni tasdqilagan Ozodlik manbasiga ko‘ra Bosh prokuratura Salim Abduvaliyevni Xitoyning “Huawei” va “ZTE” shirkatlari bilan sobiq bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi direktori Abdulla Oripovlar orasida Xitoy telekommunikatsiya uskunalarini O‘zbekistonga olib kelishda vositachilik qilganlikda ham gumon qilgan.

Shu yilning may oyida Toshkentning Qo‘yliq mavzesida joylashgan va Salim Abduvaliyevning asosiy daromad manbalaridan biri hisoblangan asfalt-beton zavodida prokuratura tekshiruv boshlagan edi. Ozodlikning O‘zbekiston huquq-tartibot idoralaridagi manbasi, prokuratura tekshiruvi ortida Abduvaliyev guruhiga zarba berish maqsadi yotgan bo‘lishi mumkin, deya bildirgan edi.

2011 yilda WikiLeaks sayti e‘lon qilgan AQSh diplomatik yozishmalarda Salim Abduvaliyev "kriminal avtoritet" deya ta‘riflangan edi. "O‘zbekiston hukumatidagi yuqori lavozimli mulozimlarning "kriminal avtoritet", deb tanilgan Salim Abduvaliyev bilan yaqin aloqalari bor", deyilali AQSh maxfiy depeshalarida.

Salim Abduvaliyevning shu kunlarda Italiyada qay tarzda va qanday maqsadda yurgani noma‘lum qolmoqda.

Salim Abduvaliyev O‘zbekiston Kurash uyushmasi prezidentidir.

Uyushma Bosh kotibi Ozodlik bilan suhbatda Abduvaliyev hali ham uyushma prezidenti ekani va hozirda u hizmati safarida bo‘lgani bois vakolatlari bosh kotib zimmasida ekanini aytdi.

Ammo, Abduvaliyev qachon qaytadi, degan savolga uyushma vakili javob bermadi.
XS
SM
MD
LG