Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:15

Misrda zo‘ravonlik qurbonlari soni 600 kishidan oshdi


BMT Xavfsizlik kengashi misrliklarni “maksimal darajada bosiqlikka” chaqirdi. Bu mamlakatda chorshanba kuni sodir etilgan zo‘ravonlik qurbonlari soni 600 kishidan oshib ketdi.

Xavfsizlik kengashining ayni paytdagi raisi Mariya Kristina Perseval payshanba kunigi favqulodda majlisdan so‘ng qilgan chiqishida kengashdagi 15 a‘zo-davlat misrliklarni “milliy yarashuv”ga chaqirganini aytdi.

Chorshanba kuni 3 iyulda hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Muhammad Mursiy tarafdorlari uyushtirgan namoyishni tarqatish chog‘ida kuch qo‘llanilishi oqibatida yuzlab odamlar o‘lgan, minglab odamlar esa yaradaor bo‘lgan edi. Hukumat kuchlari tomonidan norozilarga kuch qo‘llanilishini dunyoning yetakchi davlatlari, jumladan, AQSh prezidenti Barak Obama keskin tanqid qilgan.

Misr hukumati g‘arb davlatlari rahbarlari tanqidini “asossiz”deb atadi va “zo‘ravon qurollangan guruhlar” faoliyatini rag‘batlantirish sifatida baholadi.

Mursiy tarafdorlari juma kuni ham namoyishlar uyushtirishlarini bildirganlar.
XS
SM
MD
LG