Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yangi jome masjidi qurilishi loyihalashtirilmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, masjid qurilishi kelgusi yilning yanvarida boshlanadi va noyabr oyida foydalanishga topshiriladi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansurning Ozodlik radiosiga aytishicha, ayni paytda yangi masjidning loyihasi ustida ish olib borilmoqda.
- Bu masjid qurilishi haqida ramazon oyi arafasida prezidentimiz tomonidan qaror chiqdi. Yunusobod tumanidagi “Minor” qabristoni yonida quriladigan bo‘ldi. Qarorga ko‘ra, 2014 yilning yanvarigacha arxitektura idoralari masjid loyihasini tayyorlashlari kerak. Qurilish yanvar oyidan boshlanadi va birinchi noyabrga qurib bitkaziladi. Hozir biz bilan maslahatlashib turishibdi, biz kerakli maslahatlarni berib turibmiz,- deydi shayx Abdulaziz Mansur.
Din ulamosi Yunusobod tumanida yangi masjid qurilishini, poytaxtning bu hududida istiqomat qiladigan toshkentliklar ehtiyoji bilan shartlangan, deydi:
- Bu unchalik katta masjid bo‘lmaydi, o‘rtacha hajmda bo‘ladi. O‘sha joy, Bodomzorga o‘tib ketadigan joy, Yunusobod yo‘liga yaqin joyda quriladi, haqiqatan ham yaqin atrofdagi masjid uzoqroq. Yaxshi niyat bilan boshlandi, odamlar xursand, Bodomzor masjidi uzoqroq edi, juda yaxshi bo‘ldi deyshyapti,- deydi shayx Abdulaziz Mansur.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosarining aytishicha, masjid qurilishi davlat hisobidan moliyalashtiriladi.
Toshkentda yangi masjid qurilishi rejalanayotganiga o‘zbekistonlik oddiy musulmonlar turli munosabat bildirmoqda, boisi keyingi yillarda O‘zbekiston bo‘ylab minglab masjid rasmiylar tarafidan yopib tashlandi.
Ovozini yozib olmaslik sharti bilan Ozodlikka gapirgan Farg‘ona viloyatidagi masjidlardan birining imom-xatibi hukumatning musulmonlarga bo‘lgan munosabatini ham ijobiy deb bo‘lmaydi, deydi.
- Bizda aksariyat mahalla masjidlari yopilib ketdi. Faqat katta jome‘ masjidlari qolgan xolos. Viloyat va tuman markazlaridagi katta masjidlarning holati yaxshi, qolganlari xarob, ta‘mirtalab bo‘lib yotibdi. Namozxonlarning ham hayit namozlaridan tashqari masjidga kelishlari siyraklashgan, deydi imom-xatib.
Imomga ko‘ra, viloyatda namozxonlik qattiq ta‘qib qilinmoqda va shu sabab ham masjidlarga odamlar kam keladigan bo‘lib qolgan:
- Mana har zamon Toshkentga boraman, masjidlarda namoz o‘qiyman. Poytaxtda ancha erkin, masjidlar to‘lib turadi. Bizda esa ahvol juda yomon. Masalan ramazonda, bolalarni ham masjidga qo‘ymaslik holatlari bo‘ldi. Keyin ramazon paytida soat o‘n bir yarimgacha taroveh namozlarini tugatish talabi qo‘yildi. Qur‘on xatm qilinadigan ramazon kechalarida vaqtdan kech qolgan ba‘zi imomlar tegishli idoraga chaqirtirilib, ogohlantirish ham oldilar. Namozxonlar oq do‘ppi kiyib yursa ham ancha diqqatchiliklar qilishgan. Odamlar masjiddan boshqa joyda jamoat bo‘lib namoz o‘qishga qo‘rqib qolgan, deydi Farg‘ona viloyatidagi masjidlardan birining imom-xatibi.
So‘nggi yillarda sobiq ittifoq davlatlarida katta masjidlar qurish an‘anaga aylanib boryapti.
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida, mamlakat prezidenti Imomali Rahmon tashabbusi bilan yuz ming odam sig‘adigan masjid qurilishi tugay deb qoldi. Bu masjidni Qatarning “Qatari Diyor” shirkati qurmoqda.
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘n ming odam sig‘adigan “Hazrat Sulton” masjidining qurilishi ham bu mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev tashabbusi amalga oshdi. Bu masjidning umumiy maydoni 11 gektarni tashkil etadi.
Toshkentda qurilayotgan masjid ham O‘zbekiston rahbari Islom Karimov ko‘rsatmasiga bog‘liq bo‘lgani bois, qo‘shni davlatlar rahbarlari kimo‘zarga masjid qurishmoqda, degan fikrlar paydo bo‘ldi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan masjid qurish poygasiga qo‘shildi, degan fikrlarni rad qiladi:
- Mana, Chechenistonda, Grozniyda ham qurildi. Prezidentlar kim katta masjid qurishi borasida musobaqa qilishyapti ekan, degan gaplarni ham odamlar gapirib yuribdi. Lekin gap boshqa yoqda. Aslida masjid qurilsa, bu yaxshi ish. Bizda o‘zi masjidlar yetarli, hammasi ta‘mirlangan, mana bu yil 2000dan ortiq masjidlarda taroveh namozlari o‘qildi. Lekin bu yangi masjid qurilayotganidan hozir hamma xursand,- deydi shayx Abdulaziz Mansur.
Ozodlik Toshkent shahar Yunusobod tumaniga qarashli Minor mahallasida qurilajak yangi jome masjidiga joy ochish uchun o‘nlab aholi uylari, tijorat maskanlari buzilayotgani haqida xabar bergan edi.
1998 yilga qadar mamlakatda rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan masjidlar soni yetti mingdan oshar edi.
Bugunga kelib esa, aholisi 30 million kishidan oshgan O‘zbekistonda 2037 ta masjid mavjud ekanligi aytilmoqda.
Qiyoslash uchun: aholisi 5 yarim million kishilik Qirg‘izistonda 2200 ta, aholisi 7 mln kishilik Tojikistonda qariyb 3500 ta masjid mavjud.
"O‘rtacha masjid bo‘ladi"

“Masjidlar ko‘paygani bilan namozxon kam”

“Bu masjidlar poygasi emas”