Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:44

Ignatiy Nesterov Irodaniya termasiga qarshi o'yinlarda qatnasha olmaydi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy darvozaboni Ignatiy Nesterov tizzasidan olgan jarohati tufayli sentabr oyida o'tadigan Irodaniya terma jamoasiga qarshi uchrashuvlarda qatnasha olmaydi.

Neterov 2 sentabr kuni Germaniyaning Myunxen shahriga uchib ketishi aytilmoqda. Xabarlarga ko'ra, u yerda futbolchining tizzasida jarrohlik amaliyoti o'tkaziladi.

Ayni damda "Bunyodkor" jamoasi darvozabonining maydonga qachon to'liq qayta olishi noaniq qolmoqda.

30 yoshli Ignatiy Nesterov 2009 yili "Bunyodkor" safiga qo'shilishdan oldin Samarqandning "Dinamo" va Toshkentning "Paxtakor" klublarida faoliyat yuritgan.

Eslatamiz, Mirjalol Qosimov yetakchiligidagi futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi JCh-2014 saralashining pley-off bosqichi doirasida 6 sentabr kuni Ammanda, 10 sentyabr kuni Toshkentda Irodaniya terma jamoasiga qarshi bellashadi.

Agar O‘zbekiston terma jamoasi pley-offda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘olib chiqsa, u holda Janubiy Amerika saralash guruhida 5-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoa bilan o‘yin o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi.

Janubiy amerikalik jamoaga qarshi bahslar 15 va 19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki o‘yin Osiyo qit‘asida bo‘lsa, javob o‘yini Janubiy Amerikada o‘tkaziladi.

Agar, u o‘yinda ham g‘alaba qozonsa, u holda O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi mumkin.
XS
SM
MD
LG