Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:54

Mardikorlar himoyachisi yalang‘och ayol tuhmatiga qolganini aytayapti


23 avgust kuni muxolifatdagi “Erk” partiyasi faoli, “Ozod fuqaro” tashkiloti rahbari Faxriddin Tillayev qo‘shnisini zo‘rlashga harakat qilganlikda ayblanib, noma‘lum kishilar tomonidan kaltaklandi. Tillayev bu voqeani o‘zining kasbiy faoliyati uchun "MXX tomonidan uyushtirilgan provokatsiya", deb hisoblamoqda.

Voqea o‘tgan juma kuni Faxriddin Tillayevning Toshkent shahri Chilonzor tumani Bog‘iston mahallasidagi uyida ro‘y bergan.

Bu haqda Ozodlikka 42 yoshli Faxriddin Tillayevning o‘zi ma‘lum qildi.

- Xufton namozini o‘qiëtgan vaqtimda uyimning eshigi juda qattiq taqillab ketdi. Chiqib qarasak, yon qo‘shnim Kostya degan yigitning aëli qip-yalang‘och tashqarida turibdi, mening eshigimning oldida. Qip-yalang‘och, badanida hech narsasi yo‘q. Hech narsa kiymagan. Men hayron qoldim. “Nima qilayapti bu aël”, deb nima qilsam, bir payt o‘zidan o‘zi baqirib “Pomogite, pomogite. On menya nasiluyet” deb baqirdi. Qayerdandir odamlar paydo bo‘lib qoldi. Pod‘ezddan tushib kelayapti, pod‘ezddan chiqib kelayapti. 10tacha odam yig‘ilib qoldi. Ularni hech ko‘rmaganman. Bizning qo‘shnilar ham emas ular. Uyimga bostirib kirib oldi hammasi. Mening turmush o‘rtog‘imni aëllar urib ketdi. Erkaklar meni urib ketishdi. Yengil tan jarohati yetkazishdi. Kompyuterlarim, uyimdagi jihozlarimgacha shikast yetkazishdi,- deydi huquq faoli.

Faxriddin Tillayevga ko‘ra, ushbu voqea bo‘yicha uchastka noziri va mahalla qo‘mitasi raisiga faqat og‘zaki ravishda murojaat qilgan.

Tillayev bo‘lib o‘tgan voqeani Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan o‘z faoliyatini cheklash uchun qilingan "provokatsiya" sifatida baholaydi.

- Bu oldindan kelishilgan provokatsiya ekan. Keyin men tushunib yetdim. Bilasizmi, albatta buning tepasida asosan Milliy xavfsizlik turadi. O‘sha boshchiligida bo‘laëtgan ishlar deb bilaman. Bu oxirgi voqea menga bo‘lishiga sabab, asosan, mana shu mardikorlarni himoya qilaëtganligimiz, keyin umuman o‘sha O‘zbekiston xalq harakatida faoliyat ancha kuchaygani, rivojlanaëtganligi uchun, ichkarida xalq harakatiga odamlarning qiziqishi paydo bo‘lganligi, saytda berilaëtgan materiallar sabab bo‘lgan,- deydi Tillayev.

Huquq faolining aytishicha, 23 avgust kuni kaltaklanishidan avval kun davomida Milliy xavfsizlik xizmati kuzatuvida bo‘lgan.

- 23 avgust kuni men Qozog‘istonning Turkistonida bo‘lib qaytib keldim “Erk” partiyasining a‘zosi Nuriddin aka Jumaniëzov bilan birgalikda. Chegaradan o‘taëtgan paytda juda qattiq tekshirishdi. Undan keyin Milliy xavfsizlik xodimlari to uyga kelguncha orqamizdan kuzatib keldi. Uyga kirib kelguncha tekshiruvda bo‘ldim. Hali ham qattiq nazoratda yuribman. Orqamda odamlar yuribdi,- deydi Tillayev.

Muxolifatdagi “Erk” partiyasining a‘zosi bo‘lgan Faxriddin Tillayev keyingi paytda O‘zbekiston xalq harakati saytida mamlakat ichkarisidagi voqea-hodisalar borasida o‘zining tanqidiy chiqishlari bilan faol ishtirok etayapti.

Shuningdek, Tillayev “Mustaqil mardikorlar kasaba uyushmasi” vakili sifatida o‘zbek mardikorlari himoyasi borasida matbuot orqali qator chiqishlar qilmoqda.

Joriy yil boshida mardikorlar himoyasiga otlangan Faxriddin Tillayev yana ikki huquq faoli Nuriddin Jumaniyozov hamda Abdulla Tojiboy o‘g‘li bilan mahkamaga tortilib, har biri 7 million so‘mlik jarimaga tortildi.

Keyingi paytlarda O‘zbekistonda huquq faollarini zo‘rlash, nomusga tajovuz qilishda ayblash holatlari “urfga” aylanayotganini kuzatish mumkin.

Jumladan, 6 avgust kuni “Ezgulik” jamiyati faoli 71 yashar Hasan Choriyev 19 yashar Matluba Abdurahmonovaga jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor, deb topilib 5 yilu 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

23 avgust kuni esa “Ezgulik” jamiyatining Buxoro viloyati bo‘limi raisi Bobomurod Razzoqov ustidan sud boshlandi. 60 yashar huquq faoli ham odam savdosi va buxorolik ayolni zo‘rlashga harakat qilganlikda ayblanmoqda.
XS
SM
MD
LG